Yangi yil dasturxoniga nimalar tayyorlash mumkin: bosh taomlar
Yangi yil dasturxonini bezaydigan mazali taomlar jamlanmasi bilan tanishib oling.
Mol go’shtidan Vellington
Vellington taomi (beef Wellington) – ilk bor Buyuk Britaniyada pishirilgan ajoyib bayram taomi hisoblanadi. Ishtahaochar va juda mazali. Qo’ziqorinli qaylada pishirilgan mol go’shti parchasi, qatlama xamirga o’ralgan bu lazzatli taomni tayyorlab ko’rmaslikni iloji yo’q! Bu ovqatni tayyorlashda mol go’shtining bon-filesi ya’ni suyaksiz faqat lahm joyi ishlatilsa ovqatimiz yanada mayin va sersuv chiqadi.
Videoretsept: «sarimsoqpiyoz 40 ta tishchalari»dan pishirilgan tovuq
Murakkab tuyulgan narsalar aslida juda oddiy: quyidagi retsept asosida siz pishiradigan tovuq juda ham yumshoq, sersuv va dimog’ingizni qitiqlab yuboradigan darajada xushbo’y chiqadi. Buning sababi: sarimsoqpiyozning 40 ta tishchalari hisoblanadi. Ishonavering, bu siz pishirgan eng mazali tovuq bo’ladi. Aytgancha, tovuq go’shtida sarimsoqpiyozning o’tkir hidi umuman bilinmaydi.
Xandon pista va ziravorlar qo’shib tayyorlangan qo’y to’shlari
Xandon pista va ziravorlar qo’shib tayyorlangan qo’y to’shlari – gaz pechida pishiriladigan juda mazali va haqiqiy bayramona ovqat hisoblanadi. Bu ovqat bayram dasturxoningizni bezashiga hech qanday shubha yo’q. Tayyorlash jarayoniga bu ovqat ko’p vaqtni talab qilmasligi esa yangi yil kechasi barcha bekajonlar uchun ayni muddaodir.
Gaz pechida pishirilgan rangdor gulmohi balig’i
Rangdor gulmohi ya’ni «forel» balig’ininh juda mazaliligi, ayniqsa foydali xususiyatlari ko’pchilikka ma’lum. Butunligicha pishiriladigan bu taom dasturxonga o’zgacha ko’rk bag’ishlab, ajoyib ifori esa ishtahangizni ochib yuboradi.
Yangi kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo’y sonlari
Bugun ispancha ajoyib taom Cordero Asado yoki «Pishirilgan qo’y go’shti» taomini pishirib ko’ramiz. Bu taom o’zining o’zgacha ta’mi bilan sizlarga, ayniqsa erkaklarimizga manzur bo’ladi degan umiddamiz. Bu taom chiroyli ko’rinishdaligi sabab ham, bayram dasturxonlarini ham bezatishi aniq.
Gaz pechida pishirilgan kurka go’shti
Bayram yaqinlashgan sari barcha ayollar bayramga nima tayyorlasam ekan deb bosh qotirishadi. Gaz pechida qizarib pishgan kurka go’shti esa bu muammoga bemalol yechim bo’la oladi. Yumshab pishgan go’sht va undan taralgan xushbo’y ifor bir tasavvur qilinga qanday mazali!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.