Nima tayyorlaymiz: quritilgan mevalardan yeguliklar
Yoz kunlari va mevalarni sog’inganlar uchun Zira uz quritilgan mevalardan turli xil yeguliklar retseptlari to’plamini tayyorladi.
Quritilgan olxo’ri va dimlangan mol go’shtidan tayyorlangan taom
Qora olxo’rili dimlangan mol go’shti oilaviy dasturxoningiz yoki bayramona tushligingiz uchun ajoyib tanlov bo’ladi. Quritilgan mevalar go’shtning ta’mi va xushbo’yligiga ko’proq urg’u berib, uning ta’mini yanada o’tkirroq qiladi.
Yong’oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli aralashma (miks)
Yong’oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli «koktel». Bu ajoyib shirinlikni tayyorlash uchun ko’p vaqt va mehnat talab etilmaydi. Eng asosiysi esa sifatli masalliqlarning mavjudligidir.
Quritilgan mevalar bilan pishirilgan go’shtli rulet
Quritilgan mevalar go’shtga nozik shirin ta’m va sharbat beradi. Ushbu taom tez va oson tayyorlanadi va uni nafaqat issiq taom, balki gazak sifatida tanovvul qilish ham mumkin.
Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo’tqa
Guruchli bo’tqa nafaqat to’yimli va foydali, balki mazali ham bo’lishi mumkin. Ushbu taom nonushta uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta’minlaydi.
Italyancha krostata
Ushbu pirog mevali tartning yana bir varianti bo’lib, u har xil ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Yorqin tusga ega bunday pirog har qanday bayram dasturxonini ajoyib tarzda bezab turadi.
Apelsinli granola
Bu granola o’zining apelsin-yong’oqli ta’mi bilan sizga juda yoqsa, uning to’yimliligi esa kun davomida tetik yurishingizda yordam beradi.