Uyda tayyorlaymiz: kotlet va garnirlar
Eng sara kotletlar va ularga mazali garnirlarni Zira uz tayyorlab qo’ygan ro’yxatdan topishingiz mumkin.
Pomidor va pishloqli kotletlar
Kotletlarni pomidor va pishloq bilan pishirib, taomnomangizga xilma-xillik kiriting. Ushbu taom juda mazali va to’yimli bo’lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo’ladi.
Kievcha kotletlar
Sersuv va mazali kievcha kotletlar, oddiy kotletdan qiymadan emas, savalangan tovuq filesidan tayyorlanganligi bilan ajralib turadi. Uni tayyorlash oson bo’lib, sizdan ko’p vaqt talab qilmaydi.
Baliqli kotletlar
Baliq go’shtidan tayyorlangan kotletlar juda mazali bo’lib, shu bilan birga ular juda parhezbop taom hamdir.
Kartoshkali kotletlar
Kartoshkali kotletlar — juda ajoyib ko’rinishdagi yegulik bo’lib, ularni asosiy taom sifatida ham, taomga qo’shimcha garnir sifatida ham tortish mumkin. Bunday kotletlarga juda oddiy masalliqlar sarflanilsa ham, ta’mi esa juda mazalidir.
Kotletlar
Mol go’shtidan tayyorlanilgan kotletlar, ko’pchilikning sevimli taomi sanaladi. Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish.
Garnir
Turkcha usulda pishirilgan makaronli guruch
Bunday yegulikni go’shtli taomlar, kotletlar yoki shunchaki qaylaning o’zi bilan ham birga tortish mumkin.
Go’shtli taomlar uchun iliq salat-garnir
Agarda siz garnirlarga rang-baranglik kiritmoqchi bo’lsangiz, unda sabzavotlardan tayyorlaniladigan bu mazali salat juda qo’l keladi.
Sabzavotlar bilan tovada pishirilgan guruch
Taomlarga qo’shimcha guruchli gazaklar har doim bir xil bo’lsa, darrov me’daga tegishi aniq. Shu sababli ham sizlarga sabzavotlar qo’shib pishiriladigan guruchli taomning retseptini taklif qilamiz.