Nonushtani kechqurundan tayyorlab qo’yamiz
Zira.uz nonushta tayyorlashga vaqti yetmaydigan pazandalar uchun kechqurun tayyorlab qo’ysa bo’ladigan 7 ta nonushta retseptini taqdim etadi.
Suluguni solib pishirilgan sirniklar
Pishloq qo’shiladigan, shirin bo’lmagan mana bunday sirniklarni kechqurun tayyorlab qo’yib, muzxonada saqlansa, nonushtaga pishirib iste’mol qilish mumkin.
Tovada pishirilgan pishloqli xachapuri
Agar kechki payt ozroq harakat qilib, xamir qorib, pishloqli xachapurilarni tugib, muzlatgichga yuborsa, nonushtaga issiqqina to’yimli nonchalar iste’mol qilish mumkin.
Yeryong’oq va bananli batonchalar
Faqatgina 3 xil mahsulotlardan tayyorlanadigan ushbu batonchalarni germetik yelim qog’zoga solib, 4-5 kun sovutgichda, 2 oygacha muzlatgichda saqlash mumkin.
Piyozli qatlamalar
Piyozli qatlama bu ham non, ham pishiriq o’rniga iste’mol qilsa bo’ladigan juda mazali va to’yimli yegulik hisoblanadi. Uni kechqurun tayyorlab ertalab issiq choy bilan iste’mol qilishga nima yetsin.
Sosiskali bulochkalar
Tayyor xamirdan tayyorlangan sosiskali bulochkalar vaqtingizni chinakamiga tejashi aniq. Ularni kechqurun o’rab, muzlatgichga qo’yib, tongda esa pishirib, dasturxonga qo’ysa bo’lgani.
Foydali nonushta – bankadagi mazali suli yormasi
Juda mazali, ham foydali xususiyatlarga ega nonushta. Bundan tashqari bunday nonushtani tayyorlashda 5 daqiqa vaqt kerak bo’lsa, ular sovutgichda 3-5 kungacha saqlaniladi.
Turshakli sirniklar
Turshak qo’shib pishiriladigan sirniklardan xushbo’y vanil hidi taralib turadi, quritilgan o’rik esa ularning ta’mini yanada boyitadi va mazali qiladi.