fbpx
Foydali nonushta – bankadagi mazali suli yormasi

Foydali nonushta – bankadagi mazali suli yormasi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bizlar nonushtaga tez tayyorlaniladigan, ammo shu bian birga ham mazali, ham foydali xususiyatlarga ega yegulik uchun g’oya ustida ko’p bosh qotirdik. 

Bunday yegulik yogurt, mevalar va suli yormasi aralashmasidan bankada tayyorlanilgan yegulik ekanligiga amin bo’ldik.

Bunday nonushtaning foydali jihatlarini ko’rib chiqamiz:

  • birinchidan, bu bir kishiga juda munosib hajmdagi yegulik;
  • ikkinchidan, bunday nonushtani bankasi bilan birga ishga, hatto mashg’ulotlarga ham birga olib borish mumkin;
  • uchinchidan, u o’zida ko’pgina oqsillarni, kalsiy va biriktiruvchi to’qimalarni saqlashi sabab ham juda foydali sanaladi.

Bundan tashqari bunday nonushtani tayyorlashda 5 daqiqa vaqt kerak bo’lsa, ular sovutgichda 3-5 kungacha saqlaniladi.

Siz har safar bu nonushtaga har xil mahsulotlardan solib, yangidan-yangi ta’mlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

300 gramm yogurt
30 millilitr sut
6 osh qoshiq suli parchalari
ta'bga qarab suyuq asal
2 dona shaftoli
100 gramm maymunjon
100 gramm qulupnay
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kosaga suli parchalarini solib, ustidan sut quyamiz va 5 daqiqaga ivitib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bu vaqt mobaynida mevalarni o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.

So'ng bankachalarga 1 osh qoshiqdan suli yormasini solamiz.

Maslahat: bunday nonushtani solish uchun oshxonangizdagi eng chiroyli, asosiysi qopqog'i yopiladigan bankachalardan tanlang.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan navbati bilan to'g'ralgan mevalarni terib, ustidan asal va yogurt solib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shu holatni bir necha bor qaytaramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustini mevalar bilan bezatib qopqog'ini yopamiz va bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz. Ertalabga mazali nonushta tayyor!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm yogurt
30 millilitr sut
6 osh qoshiq suli parchalari
ta'bga qarab suyuq asal
2 dona shaftoli
100 gramm maymunjon
100 gramm qulupnay
oldingi
Videoretsept: Shokoladli beze
keyingi
Gaz pechida pishirilgan qatlama

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.