Videoretsept: Sosiskali bulochkalar

Videoretsept: Sosiskali bulochkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu retsept mazali pishiriqlar pishirib, oila a’zolarini xursand qilishni xohlovchi, ammo bunga yetarlicha vaqti yo’qligidan aziyat chekuvchi uy bekalariga bag’ishlanadi.

Tayyor oshirma xamirdan sosiskali bulochkalarni tayyorlashni ko’rsatib beramiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Videoretsept

Masalliqlar:

tayyor oshirma xamir
6 dona sosiska
ustiga surtish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugllandi

Tayyor xamirni qadog'idan bo'shatamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Un sepilgan stol ustiga qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni 1 sm dan kam bo'lmagan qalinlikda, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirdan 6 ta uzun lentalar kesib olamiz va har birini bir dona sosiskaga xuddi spiraldek o'rab chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisklga bulochkalarni terib, ustini sochiq bilan yopamiz va 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng ustidan tuxum surtib, kunjutdan sepamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

(Reklama huquqi asosida)

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

tayyor oshirma xamir
6 dona sosiska
ustiga surtish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Choyxona palov
keyingi
Gaz pechida pishirilgan quymoqchalar

Fikringiz