Iyul: 2 hafta taomnomasi
Taomnoma tuzayotganda nafaqat oila a’zolarining istagiga, balki mavsumga ham e’tibor berish kerak. Yoz mavsumi eng barakali mavsum bo’lib, unda deyarli barcha meva-yu sabzavotlar mo’l ko’l bo’ladi.
Ammo yozda issiq ob-havo tufayli bekajonlarimiz tezroq taomni tayyorlasam-u, oshxonadan chiqsam deb turishadi. Biz sizning og’iringizni yengil qilish maqsadida barcha qulaylik va noqulayliklarni inobatga olib, mavsumiy maqsulotlardan tez va oson tayyor bo’ladigan taomlar ro’yxatini tuzib qo’yganmiz.
Tezroq o’zingizga saqlab qo’ying!
Dushanba
Makaronli taom (po flotski)
Bunday makaronlar tez tayyorlaniladigan taom bo’lib, uning retsepti har bir bekaning ro’yxatida bo’lishi kerak.
Tvorogli krem qo’shilgan halqachalar
Seshanba
Mastava
To’yimli, mazali va o’zimizning milliy taomlarimizdan biri – mastava taomini bugun birgalikda tayyorlaymiz. Bizningcha, bu taomni uyida tayyorlamaydigan bironta odam topilmasa kerak.
Pomidor va yalpizli salat
Chorshaba
Tovuq va sabzavotli toblatma
Kotletlarni kartoshkali pyure va qaynatilgan guruch bilan pishirib turasizmi? Buning uchun ikki karra ko’p vaqt sarflashingiz aniq.Shu sabab ham asosiy taomni ham, unga qo’shimcha gazakni ha o’z ichiga oluvchi taomdan tayyorlab ko’ring. Bu mazali taom bolalarga ham, kattalarga ham birdek yoqishi aniq.
Mevali kompot
Payshanba
Tuxum-barak
Bunday taomni tayyorlashda umuman ko’p bo’lmagan masalliqar talab qilinadi, ammo pishirish jarayoni biroz ter to’kishingizga majbur qiladi.
Pesto qaylasi qo’shib tayyorlangan go’shtli salat
Juma
Okroshka
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi.
Jeymi Oliverdan sabzavotli tartaletkalar
Shanba
Befstroganov taomi
Befstroganov – dunyoning taniqli restoranlarida tortiladigan taomlardan biri hisoblanadi. Bu taomni tayyorlashning juda ko’p usullari mavjud.
Bodring va ko’katli salat
Yakshanba
Tovuq go’shtidan ajoyib taom
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Tovuq, pishloq va pomidorlar – bu masalliqlar xuddi bir-biri uchun yaratilgandek go’yo.