Bolalarga bayram tuhfasi: ajoyib shirinliklar
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham yaqinlahib qoldi. Karantin tufayli bolalaringiz bayramni uyda o’tkazishdan hafa bo’lishyaptimi?
Hechqisi yo’q, keling bayramni uyda noodatiy tarzda o’tkazamiz. Qanday deysizmi? Buni yo’li juda oson. Biz sizga ushbu maqolada bolalarga bayram uchun pishirsa bo’ladigan eng noodatiy va yorqin shirinliklar ro’yxatini tayyorlab qo’yganmiz.
Shirinliklarga boy dasturxon(kendi-bar) yozing, musiqani balandroq qiling, turli-xil chiroqlar bilan uyingizni bezating va bayram qiling!
«Pasxalnoe gnezdo» pechenyesi
Bunday pechenyelarni bolalar ham sevib iste’mol qilishadi, ham uning tayyorlanishida ishtirok etishadi.
Pechenye «Yurakchali odamchalar»
Sizlarga noodatiy pechenyelar pishirishni taklif qilamiz. Pechenyelar juda oddiy va mazali bo’lib, ular bolalaringizga ularga bo’lgan muxabbatingizni ifoda etishda yordam beradi.
Shirin tayoqchalar
Shokoladli glazur bilan qoplangan mana bunday shirin tayoqchalar bolajonlarga juda ham yoqadi.
Tayoqchali merenga bezesi
Hozirda bolalar uchun mo’ljallangan bayram stolini (kendi-bar) tayoqchali merenga bezesisiz tasavvur qilish qiyin. Merengalar yana tortlar uchun ham ajoyib bezak bo’la oladi.
Atirgulli kapkeyklar
Ko’rinishi juda nafis, mazali va eng asosiysi kapkeyklarimiz bolalar uchun mo’ljallangan shirinliklar dasturxoniga juda mos keladi.
Banan va rezavor mevalardan muzqaymoq
Muzqaymoqsiz bayram, bayram emas. Ayniqsa bunday issiq kunlarda juda as qotadi. Agar uni uyda o’z qo’llaringiz bilan tayyorlasangiz, muzqaymoq ikki baravar mazaliroq bo’ladi.
«Oreo» shokoladli kulchalar (ponchik)
Agar farzandingiz shokoladni va «Oreo» pechenyesini yaxshi ko’rsa, unda siz unga ushbu «Oreo» shokoladli kulchalarni tayyorlab bering. Kichik gurmaningiz ushbu shirinlikga munosib baho berishi aniq.