O’zbek oshxonasining durdonalari
O’zbek oshxonasi turli tuman taom va shirinliklarga boy. Bugun sizlarga ana shunday taomlarning eng saralarini taqdim etmoqchimiz.
Ushbu taomnomada siz issiq ovqatdan tortib, sovuq go’ja va shirin xolvaytargacha bo’lgan retseptlarni topasiz.
Ko’katli «Piramida» somsasi
Somsaning noodatiy ko’rinishi sizga va oila a’zolaringizga yoqishi aniq. Va eng asosiysi somsaning xamiri sizga qiyinchilik tug’dirmaydi.
Go’shtli non
Go’shtli non – juda mazali taom bo’lib, u barcha oila a’zolari uchun to’yimli taom tayyorlaydigan pazandalar uchun to’g’ri keladi. Ushbu taomni tayyorlashda sizga ortiqcha urunishlarning keragi bo’lmaydi, chunki taom xamiri bilan ishlash juda zavqli jarayon.
Kartoshkali kichik xonimchalar
Biz xonimning ashaddiy muxlislari bo’lganimiz sababli, bu taomni biroz yaxshilab, uni bo’laklarga bo’lishga qaror qildik. Kartoshkali xonim suvli va mazali bo’lib pishadi.
No’xatli quyuq sho’rva
Bunday yegulik taomnomangizni boyitib, sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi aniq.
Xamir xasip
Xamir xasip juda to’yimli va mazali milliy taomlarimizdan biri bo’lib, u o’zining ajoyib ko’rinishi bilan har bir dasturxonga ko’rk beradi.
Xolvaytar
Xolvaytar bu sevimli shirinliklarimizdan biri bo’lib, milli bayramlarimizni nishonlayotganda albatta bu shirinlik dasturxonimizning to’ridan o’rin egallaydi.
Go’ja
Bugun sizlarga O’zbekistondagi eng sevimli taomlardan biri bo’lmish go’ja retseptini taqdim qilamiz.
Bu taomni tayyorlash uchun bir necha xil donlardan foydalanish mumkin, masalan: bug’doy va makkajo’xori, arpa yormasi va hattoki guruchdan ham.