Tvorogdan nimalar tayyorlasa bo’ladi

Noyob qaymoqli ta’m, nozik tuzilish va tvorogning foydali xususiyatlari ushbu mahsulotdan sevimli shirinlik tayyorlash uchun zamin yaratadi.
Ushbu mahsulotning yana bir afzalligi shundaki, undan ham shirin, ham shirin bo’lmagan taomlarni tayyorlash mumkin.
Glazurlangan siroklar
Siz halli ham glazurli siroklarni do’konlardan sotib olasizmi? Ammo ularni uy sharoitida tayyorlash ham juda oson.
Bunday siroklar juda foydali bo’lib, katta-yu kichikka birdek yoqadi.
Tvorog va lavashdan naychalar
Tvorogdan tayyorlangan mana bunday mazali yegulikni nonushta yoki gazak uchun tayyorlashingiz mumkin.
Tez tayyorlanadigan tvorogli pirog
Yaqinlaringiz va o’zingizni tez tayyor bo’ladigan tvorogli pirog bilan xursand qiling. Agar farzandingiz tvorogli pishiriqlarni xush ko’rmasa ham, aynan mana shu shirinlikga befarq qola olmaydi.
Davlatlararo standart (GOST) asosida pishirilgan tvorogli keks
Biz tvorogli pishiriqlarni yaxshi ko’ramiz. Mana bu keks esa bizning eng sevimli shirinliklarimizdan biri. Shunday ekan uni sizga taklif qilmasdan tura olmasdik.
Ko’katli sirniklar
Odatda sirniklar, shirin bo’ladi. Ammo biz sizga shirin bo’lmagan, ammo juda mazali tvorogli sirniklar pishirishingizni taklif qilamiz.
Tvorogli ponchiklar
Mana bunday do’mboq va juda mazali tvorogli ponchiklar nonushta uchun to’g’ri keladi.
Tvorog-qovoqchali quymoqchalar
Bir qarashda tvorog va qovoqcha uyg’unlashuvi g’alati tuyulishi mumkin. Ammo tayyorlab ko’rib, ular a’lo darajada uyg’unlashishini bildik.
Aynan mana shu retsept bo’yicha tayyorlangan tvorog va qovoqchali quymoqlar, sersuv, do’mboq va mazali bo’lib pishadi.