Tvorog-qovoqchali quymoqchalar

Tvorog-qovoqchali quymoqchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tvorogli quymoqchalarning qovoqchalari bilan pishiriladigan o’zgacha, ya’ni yozbop variantini qabul qiling. Quyidagi masalliqlardan taxminan  16-18 dona quymoqchalar hosil bo’ladi.

Bunday quymoqchalar juda mazali ta’mda bo’lib, shakarsiz quymoqlarni yoqtiruvchilar uchun ayni muddaodir!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 ta qovoqcha
200 gramm tvorog
2 ta tuxum
3 osh qoshiq un
0.5 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq qabartma
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Qovoqchadan tashqari barcha masalliqlarni bitta idishga solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qovoqchani po'sti bilan qirg'ichdan chiqarib olamiz. Suvini siqib tashlaymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Hosil bo'lgan xamirga qovoqchalarni solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tovaga ozroq o'simlik yog'i quyib, qizdiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qoshiq yordamida tovaga tvorog-qovoqchali quymoqchalardan solib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Quymoqchalarni har bir tarafidan 2-3 daqiqadan qizartirib qovurib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Ularni yogurtli qayla bilan birga tortish mumkin. Buning uchun kefir, kashnich, tuz, murch va sarimsoq piyozni aralashtirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta qovoqcha
200 gramm tvorog
2 ta tuxum
3 osh qoshiq un
0.5 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq qabartma
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Uy sharoitida tayyorlangan «Ice coffee»
keyingi
Bulg’or qalampiri bilan tayyorlangan gruzincha salat

Fikringiz