Bolalikdagi sevimli shirinliklar
«Ptiche Moloko» torti, shakarli qiyomga botirilgan oddiy pryaniklar, «yong’oqcha» pechenyesi. Bolaligimizda onalarimiz va buvilarimiz tayyorlagan shirinliklar va pishiriqlar – xali xamon eng mazali bo’lib qolgan!
Bugun sizga taqdim etadigan taomlar to’plami ham, aynan bolalikladagi shirinliklar retseptidan tashkil topgan.
«Ptiche Moloko» torti
«Ptiche Moloko» torti — ancha yillardan beri sevimli bo’lib kelayotgan shirinliklardan biri hisoblanadi. Uning tez va oson tayyorlanilishiga esa ko’pchilikning ishongisi kelmaydi.
Yeryong’oq solingan halqachali pechenyelar
Oddiy va tez tayyorlaniladigan yeryong’oqli pechenyelardan tayyorlab ko’ring. Bu pechenyelar issiqligida ham, soviganidan so’ng ham bir xil mazali bo’lib, ularni shisha bankalarga solib, bir haftagacha yaxshi saqlashingiz mumkin.
Shakarli qiyomga botirilgan oddiy pryaniklar
Smetanada qoriladigan bu pryanik xamiri hech qanday qiyinchiliklarsiz tez va oson tayyorlanib, shakl berish ham sizni umuman qiynamaydi. Bu pryaniklarni tayyorlashda o’z ta’bingizdan kelib chiqib, har xil ziravorlarni solishni unutmang. masalan, muskat yong’og’i, dolchin, zanjabil va gvazdika.
«Kartoshka» pishirig’i
Kartoshka pishirig’ini pishirib yoshligizni eslashni xohlaysizmi? Unda shoshiling! Bizlar xuddi avvalari iste’mol qilgan pishiriqlar retseptini topdik. Ularning ichi balki nimaga och rangda dersiz. Agar ularning ichi oq rangda bo’lsa, demak u o’z nomini to’laligicha oqlaydi.
«Yong’oqcha» pechenyesi
Necha-necha yillar o’tsa ham, «Yong’oqcha» pechenyesi haligacha sevib iste’mol qilinadi. Bunday pechenyelarni tayyorlash juda ham oson, eng asosiysi esa ularni tayyorlash uchun kerakli qolip bo’lsa bas.
Davlatlararo standart (GOST) asosida tayyorlangan korjiklar
Maktab chog’larida bunday korjiklar juda sevimli yeguliklardan biri edi. Endilikda ularni uy sharoitida tez va oson tayyorlash imkoniyatiga egasiz.