Bolalar bilan nima pishirsa bo’ladi: shirin va oddiy pishiriqlar
Har bir bola uchun kattalar bilan taom tayyorlash zavqli jarayon hisoblanadi. Maktab ta’tili vaqti esa bolalaringiz bilan deyarli har kuni pazandachilik asoslarini amalda sinab ko’rib o’rganishingiz mumkin.
Bizning ajoyib ko’rinishdagi oson va yengil tayyorlanadigan taomlar ro’yxatimiz bilan farzandlaringiz pazandachilikni yoqtirib qolishadi va hatto ish kunlari ham oshxonada taom yaratishadi.
Shokolad va bananli maffinlar
Kichik hajmdagi kekslarni bolalar o’zlari yoki kattalarning minimal ko’maklari yordamida tayyorlay oladilar. Sizlar uchun bolalarning eng sevimli shirinligi bo’lgan – shokoladli maffinlar retseptini taqdim etamiz.
Pishloq va kolbasali “atirgullar”
Kolbasa va pishloqdan tayyorlangan «atirgullarni» tez tayyor bo’ladigan taom sifatida tayyorlashingiz mumkin. Retsept juda oddiy bo’lib, ushbu taom bolajonlarga yoqishi aniq.
Shirin tayoqchalar
Bolalar e’tiboridan qolmaydigan yana bir shirinlik retsepti. Kattalarning vazifasi – qancha shirin tayoqchalar yeyilganini hisoblab turish, qolganini esa bolalarning o’zi eplashadi.
Bananli qatlamachalar
Tayyor qatlama xamir bolalaringizga ushbu ajoyib bananli shirinlikni tayyorlashda yordam beradi. Aytgancha, bananni o’rniga o’z hoxushingizga qarab olma yoki nokdan foydalanishingiz mumkin.
Qurabiya pechenyelari
Ushbu retsept uchun bor yo’g’i uchta mahsulot kerak bo’ladi. Shunday ekan ushbu pechenyelarni hoziroq pishirishingiz mumkin. Barchangizning xonadoningizda tayyorlash uchun kerak bo’ladigan mahsulotlar borligiga aminmiz.
Tvorogli shirin buterbrodlar
Bolalar bunday buterbrodlarni sevib, iste’mol qilishadi, chunki ular ko’rinish va tam jihatidan odatdagi taomlardan butkul farq qiladi.
Bananli quymoqchalar
Bunday yegulik juda mazali bo’lib, ayniqsa bolajonlarga juda yoqadi. Shuningdek bu quymoqchalar uchun juda kam masalliqlar kerak bo’ladi.
Davlatlararo standart (GOST) asosida tayyorlangan korjiklar
Bu bolaligimizdagi korjiklar retsepti bo’lib, endi esa biz ham ularni bolalarimiz uchun tayyorlay olamiz.