Erkaklar tayyorlaydi: 8-mart uchun taomlar ro’yxati
8-mart kuni erkaklar o’z ayollarini nafaqat gul va sovg’a bilan xursand qilishadi, balki o’z qo’llari bilan taom ham tayyorlab berishadi.
Biz esa sizga 8-mart uchun taomlar ro’yxatini taqdim etamiz.
Qozon-kabob
Qozon-kabob – bu haqiqiy erkaklar tayyorlaydigan juda mazali taom. Sersuv bo’lib pishadigan go’sht, qovurilgan kartoshka, xushbo’y ziravorlar – bundanda mazaliroq yana nima bo’lishi mumkin?
Cho’pchalarda pishirilgan losos balig’i
Ushbu retsept bo’yicha tayyorlangan baliqli kaboblar juda mazali, sersuv va xushbo’y bo’lib pishadi.
Sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Sabzavotlar bilan pechda pishirilgan tovuq oyoqchalari juda mazali tushlik bo’la oladi.
Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go’shtidan antiqa taom
40 daqiqada tayyor bo’ladigan juda mazali va xushbo’y taomning oddiy retseptini taqdim etamiz.
Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti
Bu ishtahaochar taom o’zining ajoyib ifori bilan butun oila a’zolarini bir dasturxon atrofida jam qilishi shubhasiz.
Pergament qog’ozida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Siz ushbu taomga 15 daqiqa vaqtingiz va mehnatingizni ketkazsangiz bas, qolganini gaz pechi bajaradi.
Go’sht Say
Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo’lib, buning uchun bizga — qozon, go’sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo’ladi.