fbpx
Videoretsept: Cho’pchalarda pishirilgan losos balig’i

Videoretsept: Cho’pchalarda pishirilgan losos balig’i

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Losos balig’idan tayyorlaniladigan kabobchalar kutilmagan «nozik» mehmon kelib qolganida juda asqotadi.

Bu usulda tayyorlaniladigan baliq juda sersuv, mayin va xushbo’y bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 120 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

800 gramm losos balig'i filesi
50 gramm eritilgan sariyog'
60 gramm suyuq asal
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarimta limon sharbati
yarim bog' kashnich
2 choy qoshiq tuz
ta'bga qarab qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Cho'pchalarni suvga ivitib qo'yamiz (15-20 daqiqa).

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga marinadni tayyorlab olamiz. Buning uchun suyuq asal, eritilgan sariyog', limon sharbati, ko'katlar, maydalangan sarimsoq piyoz solib, tuz va murchni ham sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Baliq filesini po'stini shilib tashlab, o'zidan bir xil kattalikdagi to'rtburchaklarga kesib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Baliq bo'lakchalarini marinadga solib, aralashtiramiz va 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Cho'pchalarga 3-4 tadan baliq bo'laklarini terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tagi olmaydigan tova yoki qozonga yog' solmasdan, 3-4 daqiqa har bir tarafini qovurib olamiz.

Issiqligida salat yoki garnir bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

800 gramm losos balig'i filesi
50 gramm eritilgan sariyog'
60 gramm suyuq asal
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarimta limon sharbati
yarim bog' kashnich
2 choy qoshiq tuz
ta'bga qarab qora murch
oldingi
Quyultirilgan sut qo’shib pishirilgan kekslar
keyingi
Shirin tayoqchalar

Fikringiz