Fevral 3-hafta taomnomasi
Fevral oyining 2-haftasi uchun tayyorlab qo’ygan taomnomamizni qarshi oling. Ushbu taomnomadan hafta kunlarida tayyorlashga qulay bo’lgan taomlar joy olgan.
Dushanba
Mol go’shtidan tayyorlangan jarkop
Xushbo’y, qaynoqina kratoshka va go’sht bilan tayyorlangan jarkop juda to’yimli taomlarimizdan biri hisoblanadi.
Tovuq go’shti va pekin karamidan tayyorlangan salat
Seshanba
Xamir bo’lakchalari solib pishirilgan tovuq sho’rva
Sizlarga mazali va to’yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho’rva retseptini taqdim etamiz.
Jemli bulochkalar
Chorshanba
Pishloq solib pishirilgan tovuqli naggetslar
Agarda siz tushlikka tez va oson tayyorlaniladigan taom retseptini axtarayotgan bo’lsangiz, unda hech ikkilanmasdan naggetslardan tayyorlab ko’ring.
Pesto qaylasi qo’shib tayyorlangan go’shtli salat
Payshanba
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Pishloq va koʻkat solib pishirilgan bulochkalar
Juma
Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go’shtidan antiqa taom
Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko’rinish va ta’mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun!
“Bahor” salati
Shanba
Videoretsept: Laxmajun – turkcha pitsa
Laxmajun turk oshxonasi fast-foodlarining qiroli hisoblanib, uni tayyorlash juda oson bo’lib, ortiqcha mahsulotni talab qilmaydi.
Videoretsept: Gaz pechida pishirilgan shokoladli ponchiklar
Yakshanba
Shivit oshi
Bir qarashda bu taom murakkab tuyilishi mumkin, lekin siz uni bizning retseptimiz bo’yicha tayyorlab ko’rsangiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni o’zingizni urintirmagan holda, mazali va noodatiy taom bilan ajablantirishingiz aniq.
“Foydali” salati