Qishda qanday to’g’ri ovqatlanish kerak: Sog’ligi haqida qayg’uradiganlar uchun 6 ta foydali maslahat
Agar qishda sizni shamollash va ortiqcha kaloriyalar bezovta qilmasligini istasangiz, unda to’g’ri ovqatlanishga rioya qilishingizni tavsiya etamiz.
Qish mavsumida ovqatlanish ratsioniga e’tibor qaratish muhim. Chunki iqlim o’zgarishi unga ta’sir qilmay qolmaydi va buning oqibatida siz o’zingizni yomon his eta boshlaysiz.
Baxtga qarshi odatda erinchoqligimiz tufayli, ko’proq tez tayyor bo’ladigan (yoki pishirishni talab etmaydigan) taomlarni iste’mol qilamiz. Keyin esa – soch to’kilishi, teri qurishiga qishni aybdor qilamiz. Keling, birgalikda yomon odatlardan xalos bo’lish uchun, yaxshilarini odat qilib olamiz.
1. Kuningizni to’g’ri boshlang
Kunni to’g’ri nonushta bilan boshlash eng muhim vazifalardan biridir. Siz uchun ikki xil nonushta turini taqdim etamiz. (Va albatta retseptlar bilan birga).
Bo’tqa – eng foydali nonushtalardan biri bo’lib, organizimingizni ozuqlantiradi.
Salat – hazm qilish jarayonini tezlashtirish uchun eng maqul nonushta bo’lib, erta tongdan organizmingiz uchun kerakli bo’lgan vitaminlarni olishga yordam beradi.
2.Mavsumiy mahsulotlarni ko’proq iste’mol qiling
Qishda mavsumiy mahsulotlarni iste’mol qilgan yaxshiroq. Chunki ularning ko’pida C vitamini (immunitet oshirishda yordam beradi) va foliy kislotasi (yurak-qon tomir, asab va reproduktiv tizimlarning ishiga foydali ta’sir ko’rsatadi) bor. Ushbu mahsulotlarni har kunlik taomnomangizga qo’shib qo’ying:
Xurmo – sovuqda aynimaydigan yagona meva. Tabiiy antioksidant bo’lgan beta-karotin ushbu mevaga «quyosh» rangini beradi. Bundan tashqari xurmo A,B va C vitaminlariga boy.
Tuzlangan karam – o’zida barcha mahsulotlardan ko’proq C vitaminini saqlaydi. Bundan tashqari, uning tarkibida yurak urishi va qon bosimini normallashtiradigan kaliy mavjud.
Zanjabilli choy – metabolizmni tezlashtiradi, ya’ni qishda, dam olish paytida olingan kilogrammlardan xalos bo’lishga yordam beradi.
3. Tarkibida rux mavjud bo’lgan mahsulotlarni ko’proq iste’mol qiling
Qishning sovuq kunlaridi bizga eng keraklisi – bu kuchli immunitet. Rux esa immun tizimini mustahkamlashda juda katta yordamchi (hech bo’lmaganda rux shamollashda albatta yordam beradi). Tarkibida rux moddasi bolgan mahsulotlar ro’yhatini o’zingizga saqlab qo’ying.
Yasmiq, no’xot, loviya, kedr yong’oqlari, achchiq shokolad, bug’doy kepagi, pistalar, qisqichbaqa.
4. Faqat o’simlik yo’g’laridan foydalaning
Yog’ sovuq havoda isinishga yordam berishini barchamiz bilamiz, ammo boshqa tomondan, hayvonlarning yog’lari qon tomirlari uchun zararli ekanligini tushunamiz. Bunday qiyin vazifani qanday hal qilish mumkin? Faqatgina hayvonlarning yog’larini o’simlik yog’lari bilan almashtiring. Masalan, siz turli xil o’simlik moylarining aralashmasini sotib olishingiz va salatlar yoki taomlar tayyorlashda ishlatishingiz mumkin.
5. Taomnomangizga baliq, tuxum va pishloq qo’shing
Har bir insonning mushaklari oqsilga muhtoj. Oqsil yetishmasligi esa tanadagi kuch miqdorini pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, qizil ikra, sut, tuxum, qattiq pishloq, tabiiy yogurt va yong’oqlar – oqsilga boy hisoblanadi. Hafta davomida oqsilga boy taomlarni iste’mol qilishga harakat qiling, masalan, ko’katlar bilan pishirilgan baliq.
Bonus: baliqdan tayyorlangan taomlar retsepti!
6. Shirinliklardan voz keching
Agar biz yomon kayfiyatda bo’lsak, mazali va yuqori kaloriyali ovqatlar, ko’pincha shokoladlarni iste’mol qilishga shunchalik o’rganib qolganmiz-ki, hatto nosog’lom taom ta’midan zavqlanib, tanamizga zarar keltirayotganimiz haqida o’ylab ham ko’rmaymiz.
Shuning uchun, biron bir shirin narsa iste’mol qilmoqchi bo’lsangiz, o’zingizni ko’proq to’yimli ovqatlar bilan chalg’iting.
Har doim sog’lig’ingiz haqida qayg’uring va to’g’ri ovqatlanishning asosiy qoidalariga rioya qilishga harakat qiling.
Bizdan yanada qiziqarli ma’lumotlarni kuting va doimo aloqada bo’ling.