Romantik oqshom uchun 7 xil pishiriq retseptlari
Bizlar bundan sal avval romatik muhitdagi kechki ovqat uchun nimalar tayyorlash mumkinligi haqida gapirib o’tgan edik. Bugun esa shu mavzuni davom ettirib, qanday shirinliklar tayyorlash mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.
«Yurakcha» torti
Harflar yoki raqamlar ko’rinishadiga tortlar hozirda ommaviy urfga aylangan tortlar hisoblanadi. Bugun sizlarga ana shunday ajoyib tort pishirishni taklif qilamiz. Tortdagi yurakcha shaklini avval A4 formatdagi qog’ozda chiqarib olamiz. Agarda siz ikkita sonli tort pishirmoqchi bo’lsangiz, unda masalliqlarni ikki hissaga ko’paytiring.
«Qizil baxmal» torti
«Qizil baxmal» torti bu shokoladli ta’mga ega, yumshoqqina biskvitning qip-qizil rangi baxmalni eslatadi. Endilikda bizning retsept asosida bu tortni siz ham pishira olasiz! Bu tort uchun biz aylanasi 24 sm li qolipdan foydalandik, siz 20 sm lidan foydalaishingiz ham mumkin, unda biskvitni 3 marotaba pishirib olasiz.
«Qizil baxmal» kapkeyklari
Jajji, qip-qizil kapkeyklar dasturxonga o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi. Ularning asosini qizil rangdagi xushbo’y va juda mazali biskvit tashkil qiladi.
Unga bunday rangni bo’yoqlar yordamida beramiz. Biz bunda аmericolor nomli bo’yoqli geldan foydalandik. Siz oddiy bo’yoqlardan foydalanishingiz yoki umuman ularsiz ham pishirishingiz mumkin.
Yurakchasimon pechenyelar
Yurakchasimon shakllardagi mazali va og’izda erib ketuvchi pechenyelardan tayyorlab ko’ring, sizga albatta yoqadi.
Tavsiya! Chiroyli qutichalarga qog’oz sochiqdan to’shab, ichiga yurakchasimon pechenyelardan soling va sevimli insonlaringizni ular bilan siylang.
«Yurakcha» pechenyelari
O’z qo’lingiz bilan kichkina, ammo juda yoqimli sovg’a tayyorlashni istasangiz, unda mana bunday yurakchasimon pechenyelardan pishiring. Bizlar bunda pushti va ko’k rangli suyuq ozuqaviy bo’yoqlardan ishlatdik.
Muhim: glazurni juda qattiq va uzoq ko’pirtirib bo’lmaydi, aks holda unda havo pufakchalari hosil bo’ladi.
Kutilmagan sovg’ali keks
Nima uchun har zamon turmush o’rtog’imizga sevgi izhor qilmasligimiz kerak? Agarda aytishga uyalsak, unda buni pishirgan yeguligimizning o’zida ifodalashimiz ham mumkin. Oppoq glazur bilan qoplangan keks ichidan yurakchalarning joy egallashi albatta yaqinlarimizni xursand qiladi.
Qaynatilgan kremli pechenyelar
Vanil ta’mli qaynatma krem bilan boyitilgan yurakchasimon pechenyelarning batafsil tayyorlanish retseptini taqdim etamiz. Ularni chiroyli qutichalarga solib, sovg’a sifatida yaqin insonlaringizga taqdim etishingiz mumkin!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.