Dolchin to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Dolchin ziravorisiz olmali piroglar-u «Sinnabon» bulochkalarini tasavvur qilib bo’lmaydi. Dolchin boshqa ziravorlardan nimasi bilan ajralib turadi, hozir ma’lumot berib o’tamiz!
Dolchinning foydali xususiyati nimada?
Dolchinni azaldan dorivor mahsulot sifatida ishlatib kelishgan. Shunisi qiziqki, uning foydali xususiyatlarini hozirgi zamon olimlari ham ta’kidlab kelishmoqda. Dolchin o’zida ko’p miqdorda minerallar, vitaminlar va organizmga yaxshi ta’sir ko’rsatuvchi efir moylarini saqlaydi. Bu ziravorning foydali xususiyatlari quyidagicha:
- dolchin – tabiiy antiseptik bo’lib, mikrob va bakteriyalarga qarshi kurashadi;
- u zamburug’larga qarshi kurashishga yordam beradi;
- Oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilab, qorin dam bo’lishi va chanqoqlikdan xalos etadi;
- jigar va o’t pufagini tozalab, organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi;
- diqqatni yig’ishda yordam berib, xotira va ko’rish qobilyatini yaxshilaydi;
- bosh og’rig’ini qoldirib, kayfiyatni ham yaxshilaydi;
- qon bosimini normallashtirib, yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi;
- yomon xolesterinni chiqarib tashlaydi;
- qondagi shakar miqdorini kamaytiradi;
- moddalar almashuvi jarayonini tezlashtirib, ozishga yordam beradi;
- organizm tonusini va immunitetni ko’taradi.
Dolchinning zararli tomonlari
Afsuski, foydasi bor mahsulotlarning hech bo’lmasa bitta zararli tomoni bo’ladi. Dolchinni qo’llashda ham qarshi ko’rsatmalari mavjud. Birinchidan, undan juda ko’p miqdorda iste’mol qilish yaramaydi, aks holda bosh og’rig’i, quvvatning kamayishi, oshqozonda noxushlik va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Dolchin o’zida ko’p miqdorda iste’mol qilish mumkin bo’lmagan kumarin moddasini saqlaydi. U esa jigar xastaligidan aziyat chekuvchilarning kasalini battar qo’zqatishi mumkin. E’tibor bering: seylon dolchinida kumarin moddasi kam, kassiyalarda (odatda biz iste’mol qiladigan oddiy) esa u 100 barobar ko’proq ekan.
Dolchin va kassiya – bir-biridan farqi
Bizning bozor va supermarketlarda asosan kassiyalar sotiladi. Bu ham dolchin, ammo original mahsulotning arzonroq varianti hisoblanadi. Kassiya «Korichnik» dolchin daraxtning qobig’i bo’lib, u juda qalin, qattiq bo’ladi. Kassiyaning xushbo’yligi tabiiy dolchindan ko’ra shirindir.
Seylon dolchini – qimmat va xushbo’y ziravordir. U yorqinroq rangda bo’ladi. Tabiiy dolchin po’sti yupqa, tez sinuvchan, kassiyaga nisbatan kuchliroq hidda bo’ladi. Yaqindan boshlab, bunday dolchinni bizda ham sota boshlashdi.
Pazandachilikda dolchinning o’rni
Xuddi kardamonga o’xshab, dolchindan ham pazandachilikda keng foydalanishadi. Uni nafaqat desertlarga, balki taomlarga, marinad va ichimliklarga ham solinadi.Dolchin hindcha mashhur karri ziravorining ham tarkibida mavjuddir.
Dolchin qo’shib tayyorlangan yeguliklar retseptlari bizning sahifada ham juda serob:
- yong’oq va dolchinli eston pishirig’i;
- mikroto’lqinli pechda pishirilgan dolchinli tayoqchalar;
- dolchin qo’shib pishirilgan bulochkalar;
- olmali roll-pay pirogi;
- yongʻoqlar bilan pishirilgan behilar;
- amerikancha olmali pirog;
- yarim oy shaklidagi yong’oqli rogaliklar.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Aslomu alaykum menga arginal dolchin kerak
Assalom aleykum, dolchin tayoqchalarini qandolatchilik do’konlarida yoki bozorlarda ziravorlar sotadigan joyda topish mumkin.
Qaydan topsak boladi