Yong’oq va dolchinli eston pishirig’i

Yong’oq va dolchinli eston pishirig’i

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Issiq choy, qovoqli yeguliklar, dolchin kabi mahsulotlar kuzning darakchilari hisoblanar ekan. Bugun yong’oq va dolchindan tayyorlaniladigan ajoyib eston pishirig’i retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

Bunday mazali yeguliklardab pishirib, sentabrning salqin oqshomlarini oila a’zolaringiz davrasida o’tkazing.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 8 500 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
300 gramm un
40 gramm shakar
120 millilitr sut
8 gramm tirik xamirturush
20 gramm sariyog'
1 dona tuxum sarig'i
bir chimdim tuz
Asosiga:
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
40 gramm shakar
gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugllandi

Iliq sutga xamirturush va shakarni solib aralashtiramiz va 5 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Eritilgan sariyoqqa tuxum sqrig'i va tuzni solib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Unni elab, tog'orachaga solamiz, ustidan xamirturushli aralashma va eritilgan sariyog'ni solib xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni ustini yopib, 1,5 soat iliq joyga olib qo'yamiz

Qadam 5
Tugllandi

Oshgan xamirni olib, to'rtburchak shaklda yoyamiz. Qalinligi 1 smdan qalin bo'lmasin.

Qadam 6
Tugllandi

Eritilgan sariyog'ga shakar, dolchin va yong'oqni solib aralashtiramiz va yoyilgan xamir ustiga durtib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Xamirni ruletdek o'rab chiqamiz. Ruletsimon xamirning bir uchidan 2 sm joy qoldirib, qolganini uzinasiga teng ikkiga bo'lamiz. Kesilgan ichki tomonini tashqariga qaratib, ikkalasini bir-biriga o'rab chiqamiz. Uchini esa qoldirgan 2 sm joyni teshib, shu yerga yopidhtiramiz. Qarabsizki, gulchambar ham tayyor.

Qadam 8
Tugllandi

Endi uni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Xohishga qarab ustiga shakar upasidan sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
300 gramm un
40 gramm shakar
120 millilitr sut
8 gramm tirik xamirturush
20 gramm sariyog'
1 dona tuxum sarig'i
bir chimdim tuz
Asosiga:
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
40 gramm shakar
gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm maydalangan yong'oq
oldingi
Videoretsept: Tvorogli galeta
keyingi
Videoretsept: Sabzavotli halqachalar

Fikringiz