30 000 so’mga nimalar tayyorlash mumkin
Tez va oson tayyorlaniladigan, asosiysi hamyonbop pishiriqlar jamlanmasi.
Yeryong’oq solingan halqachali pechenyelar
Oddiy va tez tayyorlaniladigan yeryong’oqli pechenyelardan tayyorlab ko’ring. Bu pechenyelar issiqligida ham, soviganidan so’ng ham bir xil mazali bo’lib, ularni shisha bankalarga solib, bir haftagacha yaxshi saqlashingiz mumkin.
Qovoqli rulet
Yumshoq va juda shirin, qovoqli pyuredan tayyorlangan rulet kremi qaymoqli pishloqdan tayyorlanilib, ta’mi chizkeykka o’xshab ketadi. Qovoqlar tugab qolmasdan bunday ruletlardan tayyorlashni tavsiya qilamiz. Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.
Oshirma xamirdan tayyorlangan olmali rogaliklar
Usti qarsildiq, ichi esa olmalar bilan to’ldirilgan xushta’m rogaliklar retsepti bilan tanishing. Bunday rogaliklar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. Bunday rogaliklar hali issiqligidayoq tugab qolishi hech gap emas. Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 7 000 so’m sarf qilinadi.
«Oreo» shokoladli kulchalar (ponchik)
Shokoladli pishiriqlarni sevuvchilarga bu retseptimiz yoqishi aniq. Shokoladli asosning qaymoqli krem bilan uyg’unligidan yaratilgan «Oreo» dan ta’tib ko’rmasdan o’tishning iloji yo’q. Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarflaniladi.
Olmali sochma pirog
Eng tez va oson tayyorlaniladigan olmali pirog retseptini kutib oling. Oddiy masalliqlar va ajoyib natija barcha oila aʼzolaringizni quvontirishi aniq. Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.
Pishloq va koʻkat solib pishirilgan bulochkalar
Bu safargi bulochkalarimizni bizlar pishloq va koʻkatlar solib pishirishga qaror qildik va natijasidan faqatgina sevindik. Pishloq va koʻkatli bulochkalarni tayyorlashda faqatgina bitta muammoga duchor kelasiz, u ham boʻlsa ular pishgandan soʻng bir pastda tugab qolishidir. Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 soʻm sarf qilinadi.
Limonli pechenyelar
Eng oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan limonli pechenyelarning ichi yumshoqina bo’lib pishadi. Agarda siz sal boshqacharoq ta’mni istasangiz, unda limon o’rniga apelsin po’sti va sharbatidan ishlatib ko’ring. Quyidagi masalliqlardan 20-22 dona pechenyelar chiqadi. Tayyorlaniladigan taomga taxminan 13 000 so’m sarf qilinadi.
Tvorogli atirgulsimon pechenyelar
Bunday ajoyib pechenyelar uchun xamirni bir kecha oldin qorib qo’ysangiz, ertalab pishirib olasiz, qarabsizki atirgulli guldasta ham tayyor. Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
yaxshi
yaxshi juda ham zo’r tayyorlanar ekan raxmat!
boladi ,yahshi ja zooramasu lekin boladi hamasi shunaqa