Nima tayyorlaymiz: toblatma
Odatiy ovqatlardan charchab, taomnomasiga yangilik kiritmoqchi bo’lganlar uchun Zirauz 7 ta mazali va to’yimli toblatmalar retseptlari ro’yxatini taqdim etadi.
Sendvich-toblatma
Oddiy sendvichlarni ham original ko’rinishda va noodatiy ta’mda tayyolash mumkin bo’lib, ana shulardan biri sendvich-toblatmadir. Qarsildoq non va erigan pishloq birgalikda ajoyib uyg’unlikni tashkil qilib, yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.
Kartoshka va qo’ziqorinli toblatma
Kartoshka va qo’ziqorin solib pishiriladigan toblatma juda to’yimli va mazali taomdir. Buning uchun esa ko’p vaqt va mehnat talab etilmaydi.
Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan toblatma
Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan mazali toblatmamizning ta’mi umuman o’zgacha bo’lib, odatdagilaridan farq qiladi. To’yimli taom, lekin tez tayyorlaniladigan retsept qidirayotgan bo’lsangiz, unda shu retsept aynan siz uchun.
Qovoq va go’shtli toblatma
Qovoq va qiyma qo’shilmasidan hosil bo’ladigan bu taom qanchalik mazali ekanligini hatto tasavvur ham eta olmaysiz. Bir qarashda noodatiy bo’lgan bu taomdan pishiring va yaqinlaringizni xursand qiling.
Frikadelkali toblatma
Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mda bo’lib, to’yimli tushlik yoki kechki taom bo’la oladi.
Pastitsio – grekcha toblatma
Dolchindan ko’proq olmali pishiriqlar tayyorlashda foydalanamiz. Ammo bugungi dolchin qo’shib tayyorlaniladigan taomimiz, sizning eng sevimli taomingizga aylanishiga ishonchimiz komildir.
Tovuqli toblatma
Kechki ovqat uchun tez tayyorlaniladigan bugungi toblatma ajoyib ta’mi bilan sizga yoqishi aniq. Sabzavotlar va rayhonning xushbo’y hidi esa yaqinlaringizning ishtahasini ochishi turgan gap.