fbpx
Tovuqli toblatma

Tovuqli toblatma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kechki ovqat uchun tez tayyorlaniladigan bugungi toblatma ajoyib ta’mi bilan sizga yoqishi aniq. Sabzavotlar va rayhonning xushbo’y hidi esa yaqinlaringizning ishtahasini ochishi turgan gap.

Ko’p masalliqni talab qilmaydigan bu toblatmani pishirib oila a’zolaringizni xursand qiling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
200 gramm pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
50 gramm qattiq pishloq
1 osh qoshiq eritilgan sariyog'
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 gramm qizil bulg'or qalampiri
120 millilitr sut
2 ta piyoz
1 choy qoshiq un
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq quritilgan rayhon
Qadam 1
Tugallandi

Piyoz va sarimsoqpiyozni qovurib olamiz.

So'ng mayda to'g'ralgan bulg'or qalampirini solamiz va birga qovuramiz.

Qovurilgan sabzavotlarni toblatmaga mo'ljallanilgan qolipga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq go'shtini ham bo'laklarga bo'lib, shu tovada taxminan 10 daqiqa qovurib olamiz.

So'ng pomidor pastasini solib, tuz sepamiz.

Tovuqni ham qolipga sabzavotlarning ustidan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni eritilgan sariyog' bilan aralashtiramiz va ustidan sut solib, 1 daqiqacha tovada qizdirib olamiz.

So'ng aralashmamizni qolipdagi masalliqlarning ustidan solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorlarni ham to'rtga bo'lib, so'ng ularni parrak-parrak qilib to'g'rab tovuqning ustidan terib chiqamiz.

Ustidan tuz, quritilgan rayhon va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajaga qo'yib, 15 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng olib, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz va 5 daqiqa yana pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
200 gramm pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
50 gramm qattiq pishloq
1 osh qoshiq eritilgan sariyog'
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 gramm qizil bulg'or qalampiri
120 millilitr sut
2 ta piyoz
1 choy qoshiq un
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq quritilgan rayhon
oldingi
Videoretsept: Tovuq go’shtidan pishirilgan «Chaxoxbili» taomi
keyingi
Yangi kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo’y sonlari

2 Sharhlar Hide Comments

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.