Kartoshka va qo’ziqorinli toblatma

Kartoshka va qo’ziqorinli toblatma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kartoshka va qo’ziqorin solib pishiriladigan toblatma juda to’yimli va mazali taomdir. 

Buning uchun esa ko’p vaqt va mehnat talab etilmaydi.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
400 gramm kartoshka
200 gramm qattiq pishloq
250 gramm shampinyon
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 dona tuxum
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab oregano
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkani yarim tayyor bo'lgunicha qaynatib olamiz. Sovutib, po'stini archamiz va parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tovuq go'shtini sal kattaroq, qo'ziqorinni esa parrak qilib to'g'raymiz.

Qo'ziqorin va tovuq go'shtini tovada suvi bug'lanib ketguncha qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ustidan kartoshkani solib aralashtiramiz va toblatmalarga mo'ljallangan qolipga olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxum va qaymoqni aralashtirib olamiz, tuz, murch, oregano sepib, pishloqning katta qismoni ham solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Aralashmani taom ustidan quyib, ustini folga bilan yopamiz va 180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Ustidan folgasini olib tashlab, qolgan pishloqni sepamiz va yana 10 daqiqa qizartirib pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 80 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
400 gramm kartoshka
200 gramm qattiq pishloq
250 gramm shampinyon
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 dona tuxum
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab oregano
oldingi
Videoretsept: Tayyor xamirdan qilingan olmali shtrudel
keyingi
Avokadoli bruskettalar

Fikringiz