Issiqda konditsionersiz qanday jon saqlash mumkin
Issiq kunlar kelishi bilan, havo nafaqat ko’chada, balki uyda ham dimlanadi, bunday vaziyatda konditsioner esa har doim ham qo’l kelavermaydi. Issiq kunlarda xonaga to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari tushishidan tashqari, quyosh xonalar devorlarini ham qizitadi – bunday vaziyatda konditsioner yordam bera olmasligi aniq. Uyni sovutishning bir nechta alternativ samarali usullarini ko’rib chiqamiz.
Qalin pardalar
Uyda shinamlikni yaratishdan tashqari, ular to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlaridan saqlaydi. Yorqin rangli matolarni tanlash yaxshidir – shunda pardalar kamroq qiziydi va xonalarda issiqxona effektini yaratmaydi.
Quyosh nurini qaytaruvchi plyonka
Bunday plyonkani deyarli barcha do’konlarida topish mumkin – u derazaga ichki tomondan yopishtiriladi va xonaga qorng’ulik bergan holda, quyosh nurini tosh oynaga o’xshab qaytaradi. Agar siz plyonka topa olmasangiz, oddiy folga ishlatishingiz mumkin: oynani nam mato bilan namlang va folganing yorqin tarafini ko’chaga qaratib yopishtiring. Bunday usulning yagona minusi, siz xonani tabiiy yorug’likdan mahrum qilasiz.
Derazalarni choyshab bilan yopish
Yelvizak hosil qilish mumkin bo’lgan xonadonlarda ho’l choyshab tufayli haroratni pasaytirish oson. Toza choyshabni oling va uni pardalarga mahkamlab, quyoshli tomonga osib qo’ying. Shundan so’ng, matoga toza suv seping – choyshabdan o’tadigan havo soviydi va shu ravishda xonani sovutadi.
Namlangan havo
Konditsionersiz issiqdan halos bo’lishning yana bir usuli havoni namlantirishdir. Buning uchun oddiy purkagich yoki maxsus moslama mos keladi. Havodan tashqari, polni ham namlantirish mumkin – vaqti-vaqti bilan gilamchalarni olib tashlab, toza suv bilan artib oling. Biroq, namlikni oshirib yubormang, aks holda uy hammomga aylanadi.
Elektr jihozlarini o’chirib qo’yish
Elektr jihozlari ish paytida issiq havo chiqaradi. Issiq kun paytida uskunadan foydalanishni minimal darajaga kamaytirishingizni maslahat beramiz. Xuddi shu maslahat pishirishga ham tegishli – gaz, gaz pechi xonadon haroratni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Sovuq taomlar iste’mol qilish yoki mikroto’lqinli pechdan foydalanish yaxshidir – shu tarzda siz uyni salqin tutasiz va oshxonada qizib ketishdan saqlanasiz.
Sovuq yotoq choyshabi
To’shak choyshablarini paketga soling va muzlatkich muzxonasiga qo’ying. Yotishdan oldin, uni to’shakka yoyib qo’ying – kechasi choyshab isinishiga qaramay, uxlash ancha oson va yoqimli bo’ladi. Yoz uchun yengil paxtali choyshablardan foydalanish yaxshidir – namlikni yaxshi singdiradi va terini tetiklashtiradi.
Ventilyator o’rnatish
Konditsionerni o’rnatish imkoni bo’lmaganda, ventilyator bilan jon saqlash mumkin. O’rnatish ancha arzon va osonroq. Havoni sovutmasa ham, issiq kunlarda hech qachon ortiqcha bo’lmaydi.
Tana haroratining pasayishi
Faoliyatni kamaytiring
Yozning issiq kunida faollikni minimal darajaga tushirishga yoki hech bo’lmaganda ishlarni kechqurungacha qoldirishga harakat qiling.
Tana haroratining pasayishi
Bunda salqin dush qabul qilish yordam beradi. Garchi uzoq vaqtga bo’lmasa ham, lekin u sovib olishga yordam beradi – kun davomida bir marta va yotishdan oldin yuvinib chiqqan maqul (yelvizakdan ehtiyot bo’ling).
Ko’proq suv iching
Suvsizlanishni oldini olish juda muhim va oddiy suv bunda yordam beradi. Qahva, alkogol va shirin gazlangan ichimliklardan voz kechish yaxshiroqdir, chunki ular tanadan suyuqlikni chiqarib tashlashga yordam beradi. To’shagingiz yonidagi stolga bir stakan suv qoldiring – shunda uyqudan uyg’oniboq suv yetishmovchiligini oldini olasiz.
Kerakli mahsulotlarni tanlang
Issiq mavsumda tana haroratini ko’taradigan va ovqat hazm qilish uchun tanadagi qo’shimcha quvvat sarflaydigan issiq, og’ir va yog’li ovqatlardan saqlanish yaxshiroqdir. Ko’proq sabzavot va mevalarni iste’mol qiling, suv iching.