Iftorlik va saharlik uchun taomlar ro’yxati
Mana intiqib kutilgan ro’za ramazon oyi ham kirib keldi. Ushbu oyda ro’zadorlar o’z taomnomalariga alohida e’tibor berishlari kerak.
Taomnoma ro’yxatiga ko’proq vitaminlarga boy bo’lgan taomlarni kirgizish maqsadga muvofiq.
Saharlik uchun
Tvorogli quymoqlar (blinchiklar)
Tvorogli quymoqlar – haqiqiy uy taomlaridan biri hisoblanadi. Ular juda mazali va foydfalidir.
Feta pishlog’i va pomidordan quymoq
Agar siz oila a’zolaringizni saharlikka foydali, yengil va noodatiy taom bilan mexmon qilmoqchi bo’lsangiz, bunda sizga feta pishlog’i va pomidordan tayyorlangan quymoq yordam beradi.
Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo’tqa
Guruchli bo’tqa nafaqat to’yimli va foydali, balki mazali ham bo’lishi mumkin. Ushbu taom saharlik uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta’minlaydi.
Lavash ichiga solib pishirilgan tuxum
Lavash ichiga solib pishirilgan tuxum juda ishtahaochar bo’lib, ertalabdan kayfiyatingizni ham ko’taradi.
Apelsinli granola
Bu granola o’zining apelsin-yong’oqli ta’mi bilan sizga juda yoqsa, uning to’yimliligi esa kun davomida tetik yurishingizda yordam beradi.
Iftor uchun
Sabzavotli tovuq sho’rva
Tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi.
Tovuq go’shtidan chaxoxbili
Tayyorlanish jarayoni oson bo’lishiga qaramay, u har doim mazali va xushbo’y bo’lib pishadi. Iftorlik uchun mos keladigan ajoyib sersuv taom.
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib iftorlik vazifasini bemalol uddalay oladi.
Tovuq va sabzavotli toblatma
Asosiy taomni ham, unga qo’shimcha gazakni ha o’z ichiga oluvchi taomdan tayyorlab ko’ring. Bunday antiqa taom iftor dasturxonini bezaydi.