Qulupnaydan 7 xil sinalgan retseptlar
Mmm…qulupnay, juda mazali va xushbo’y rezavor meva. Ushbu taomlar ro’yxatida qulupnaydan tayyorlasa bo’ladigan eng mazali, sara retseptlarni to’plaganmiz. Balki bu retseptlardan so’ng qulupnayni yanada yoqtirib qolarsiz.
«Itoniyacha tartibsizlik» deserti
Juda mazali, shirin va yengil shirinlik. Mavsumga qarab qulupnayni boshqa mevalarga almashtirishingiz mumkin.
Qulupnayli muss
Sizlarga yana bir mazali, yengil desert — qulupnayli muss retseptini taqdim etamiz! Bunda yangi terilgan yoki muzlatilgan qulupnaylardan, shuningdek malinadan fam foydalanish mumkin.
Tvorog va qulupnayli pirog
Oila a’zolari yig’ilgan paytda issiq choy bilan iste’mol qilsa bo’ladigan tvorog va qulupnayli pirogdan tayyorlang — bunday nafis ta’mli pirog katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.Bunda qulupnay o’rniga xohlagan rezavor mevalardan solish mumkin.
Qulupnayli pechenyelar
Tayyorlanishi oson bo’lgan juda mazali pechenye. Bunday pechenyelar ayniqsa bolajonlarni juda quvontirib yuborishi shubhasizdir.
Qulupnayli brauni
Ko’pchilikning sevimli pishiriqlaridan biri sanalmish braunini yangicha, qulupnay bilan pishiriladigan retseptini siz azizlarga taqdim etamiz.
Qulupnayli murabbo
Murabbo mazali va chiroyli chiqishi uchun esa ba’zi bir narsalarga e’tibor qaratishingiz lozim bo’ladi. Biz ham qulupnayli murabbo tayyorladik, retsepti bilan esa hoziroq bo’lishamiz.
Italyancha qulupnayli pirog
Bu oddiy va shu bilan birga ajoyib vanil, dolchin va qulupnay ta’mlarini o’zida mujassamlashtirgan pirog juda tez va oson tayyorlaniladi.