fbpx
Videoretsept: zanjabilli xamirdan tayyorlangan shokoladli tart

Videoretsept: zanjabilli xamirdan tayyorlangan shokoladli tart

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • chizkeyk uchun

  • glazuri uchun

  • ganashi uchun

Yo’nalishlar

Bugun biz sizlarga shokoladli tart retseptini taqdim etmoqchimiz. Ushbu tartning noodatiyligi shunda-ki – tart barcha sevib ulgirgan zanjabilli pechenyelar bilan bezaladi.

Bunday tartdan hech kim bosh tortmasligi aniq!

Tayyor taomning taxminiy narxi –45 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
350 gramm un
100 gramm sariyog'
2 ta tuxum
4 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq zanjabil
1 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
1 choy qoshiq dolchin
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
0,5 choy qoshiq 10 % li sirka
chizkeyk uchun
300 gramm tvorogli pishloq
150 gramm qora shokolad
25 gramm shakar upasi
10 gramm jelatin
60 millilitr suv
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
ta'bga ko'ra kakao kukuni
glazuri uchun
1 ta tuxum oqi
200 gramm shakar upasi
ganashi uchun
90 gramm qora shokolad
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Yumshatilgan sariyog'ni shakar bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda tuxumni ko'pirtirib, so'ngra sariyog' bilan aralashtiramiz. Sodani sirka bilan o'ldirib, tuxum va sariyog'li massaga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Zanjabil, dolchin va muskat yong'og'ini solib, ketidan u solamiz va xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni bitta katta, va bitta kichkina bo'lakka bo'lamiz. Kichik xamir bo'lagini 2 mm qalinlikda yoyamiz va maxsus kichik qolipchalar yordamida pechenyelar kesib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirning katta bo'lagini ham 2 mm qalinlikda yoyib, qolipga joylashtiramiz, ortib qolgan joylari bo'lsa kesib tashlaymiz. Uni ham 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Jelatinga suv solib, ishishi uchun qoldiramiz. Shokoladni suvli hammomda eritamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tvorogli pishloqni bir necha daqiqa shakar upasi bilan ko'pirtiramiz. So'ngra ko'pirtirib turgan holda oz-ozdan eritilgan shokoladni qo'shamiz. Barchasini yaxshilab aralashtiramiz.

Maslahat: barcha mahsulotlar xona haroratida bo'lishi zarur.

Qadam 9
Tugallandi

Alohida idishda yaxshilab sovutilgan qaymoqni qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ishgan jelatinni suvli hammomda eritamiz. Erigan jelatinni tvorogli pishloq va shokoladli massaga ingichka qilib mikserning o'rtacha tezligida ko'pirtirib turgan holda quyamiz. So'ngra ko'pirtirilgan qaymoqni ham solib, aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Hosil bo'lgan massani qolipdagi xamir ustiga quyib, muzlatgichga 2 soatga yuboramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pechenye uchun glazur tayyorlaymiz:

Tuxum oqini qattiq pik holiga kelgunicha ko'pirtiramiz. Shakar upasi solib, yana bir ikki daqiqa ko'pirtiramiz. Massani konditer qopchasiga solib, pechenyelarni bezatamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Ganash tayyorlaymiz:

Qaymoqni qaynatamiz. Qora shokolad solib, aralashtiramiz. Hosil bo'lgan aralashmani chizkeyk ustidan quyamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Chizkeyk sovushi uchun 30-40 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 3 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
350 gramm un
100 gramm sariyog'
2 ta tuxum
4 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq zanjabil
1 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
1 choy qoshiq dolchin
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
0,5 choy qoshiq 10 % li sirka
chizkeyk uchun
300 gramm tvorogli pishloq
150 gramm qora shokolad
25 gramm shakar upasi
10 gramm jelatin
60 millilitr suv
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
ta'bga ko'ra kakao kukuni
glazuri uchun
1 ta tuxum oqi
200 gramm shakar upasi
ganashi uchun
90 gramm qora shokolad
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Xitoycha uslubda pishirilgan go’sht
keyingi
Videoretsept: pankeyklardan tayyorlangan mini-tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.