Tabiat qo’ynida piknik. Qanday yeguliklar olish mumkin.
Hozir tabiat qo’ynida piknik qilishning ayni vaqti. Ammo hech qanday piknik yeguliksiz o’tmaydi, chunki toza havoda ishtaha yanada ochiladi.
Piknik yeguliklari mazali, sodda, tashish uchun oson bo’lishi va zerikarli bo’lmasligi muhim. Ushbu ro’yxatimizdagi barcha taomlarni o’zizngiz bilan bemalol piknikga olib borishingiz mumkin.
Xamirdagi ochiq sosiskalar
Oddiy xamirdagi sosiskalar yordamida chiroyli va qiziqarli taom pishirish mumkin, bu nafaqat mazali, balki o’zgacha ko’rinishga ega hamdir.
Sabzavotli somsa
Somsani asosi faqatgina go’shtli bo’lishi kerak deb kim aytdi? Bizlarda sabzavotli somsaning ajoyib varianti mavjud.
Shokolad va yong’oqlar solib pishirilgan bananli non
Xushbo’y, nihoyatda mazali bo’lmish mana bunday bananli non hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Qatlama xamirdan qiymali ruletchalar
Qarsildoq va yumshoq xamirdagi sersuv go’shtli nachinka juda ishtahaochar bo’lib, bunday yegulikni ham issiq, ham sovuq holida iste’mol qilish mumkin.
Tez tayyor bo’ladigan qo’ziqorinli pirojkalar
Ajoyib ko’rinishga ega qo’ziqorinli tez pishar pirojkalar – yaqinlaringizni hayratda qoldirishi aniq. Pirjkalarning noodatiy shakli hech kimni befarq qoldirmaydi.
Pishloqli turkcha pogacha
Pishloqli nachinkaga ega bulochka – pogacha tayyorlab ko’rishingizni maslahat beramiz. Ushbu bulochkalar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq,