Hayit bayramiga nimalar tayyorlaymiz
Zira uz bayramlarga oldindan tayyorlanishni taklif qiladi va Hayit bayrami uchun mazali va g’ayrioddiy chiroyli pishiriqlar retseptlari ro’yxatini taqdim etadi.
G’ayrioddiy noz-ne’matlar bilan mehmonlaringizni ajablantiring. Bizning ro’yxatimizni o’zingiz yoqtirgan shirinliklar bilan boyitishingiz mumkin.
Asalli noodatiy qush tili
Agar siz qarsildoq va mazali qush tilini yoqtirsangiz, unda uni ushbu retsept bo’yicha tayyorlab ko’ring. Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili – bayram dasturxoni uchun ayni muddao.
«Muraveynik»
«Muraveynik» – bu oddiy va mazali shirinlik bo’lib, uni har kim o’ziga xos tarzda bezatishi mumkin. Qolaversa ushbu pishiriq ko’pchilikka bolalikdan tanish.
Chak-chak
Chak-chak ko’p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik!Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong’oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin.
Sutda pishirilgan bo’g’irsoqlar
Shirin va mazali bo’g’irsoqlarni Ramazon Hayit bayramida tayyorlash qadim zamonlardan berin davom etib keladigan an’ana hisoblanadi.
Yong’oqli bulochkalar
Oshirma xamirdan tayyorlangan ushbu bulochkalar, sizni qiziqarli shakli va oddiy retsepti bilan xursand qilishlari aniq.