Qulupnay mavsumi va 7 ta sinalgan retseptlar
Va nihoyat, uzoq kutilgan qulupnay mavsumi keldi va biz ushbu xushbo’y rezavor mevadan istalgancha iste’mol qilishimiz mumkin.
Ushbu ro’yxatda qulpnayning ta’mini yanada mazali qiladigan retseptlar bilan bo’lishganmiz!
Italyancha qulupnayli pirog
Bu oddiy va shu bilan birga ajoyib vanil, dolchin va qulupnay ta’mlarini o’zida mujassamlashtirgan pirog juda tez va oson tayyorlaniladi.
Qulupnayli moxito
Qulupnayli moxito – bu klassik moxitoning qulupnay ta’miga ega eng zo’r varianti. U o’zining ajoyib rezavor meva ta’mi bilan ajralib turadi va uy sharoitida oson tayyorlanadi.
Banan-qulupnayli tort
Sizlarga bugun ajoyib biskvitli tort retseptini taqdim etamiz. Bunday tortni oddiy kundalikda ham, bayram yoki tug’ilgan kunlarda ham pishirish mumkin.
Qulupnayli brauni
Ko’pchilikning sevimli pishiriqlaridan biri sanalmish braunini yangicha, qulupnay bilan pishiriladigan retseptini siz azizlarga taqdim etamiz.
Qulupnayli muss
Sizlarga yana bir mazali, yengil va yozgi desert — qulupnayli muss retseptini taqdim etamiz! Uning tayyorlanish jarayoni esa juda ham oddiydir.
Qulupnay va suli yormasidan tayyorlanilgan smuzi
Ertalab nonushtaga mazali yegulik tayyorlash uchun ko’pincha yetarli vaqt topmaymiz. Aynan shu sabab ham, juda tez tayyorlaniladigan, ham mazali ham foydali smuzi retseptini siz azizlarga taqdim qilamiz.
«Magnoliya» shirinligi
Bu shirinlikni tayyorlashda xohlagan mevalaringizdan foydalanishingiz mumkin. Bizlar uni qulupnaydan tayyorlashga qaror qildik. Kunlar isishni boshlaganda bu yaxna shirinlik ayni muddaodir.