Uyda tayyorlaymiz: qahvali shirinliklar
Qahvani sevuchilarga bag’ishlanadi. Zira.uz qahvadan tayyorlangan shirinliklar retseptlari ro’yxatini taqdim etadi.
Kiring, ko’ring, ilhomlaning!
Qahva va asalli keks
Oddiy va ishtahaochar bu pishiriq issiqina choy yoki qahva bilan juda yaxshi ketadi.
Qahvali krem solingan Pari-Brest
Pari-Brest — qaynatma xamir va kremdan tayyorlangan nafis fransuz shirinligi sanaladi. Ta’m jihatidan eklerlarga juda o’xshab ketib, halqachasimon ko’rinishda bo’ladi.
Shokolad-qahvali tort
Shokolad va qahva solib tayyorlaniladigan tezpishar tort har qanday dasturxonga ham fayz bag’ishlaydi.
Suli parchasi va qahvadan tayyorlangan pechenye
Issiqina choy bilan qahva ta’mi ufurib turadigan mazali pechenyelardan iste’mol qilib, o’zingizni siylang. Bunday shirinlikdan so’ng esa yaxshi kayfiyatga ega bo’lishingiz kafolatlanadi.
Qahvali pirog
Oshxonangizda bor mahsulotlardan pishirsa bo’ladigan oddiy qahvali pirog retseptini tayyorlab qo’ydik. Bu pirog oilaviy choy ichishlar uchun juda mos keladi.
Qahvali parhezbop desert
Sizlarga mayin va yoqimli qahva ta’mili,vaznga umuman xavf tug’dirmaydigan shirinlikdan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.