Suli parchasi va qahvadan tayyorlangan pechenye

Suli parchasi va qahvadan tayyorlangan pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Issiqina choy bilan qahva ta’mi ufurib turadigan mazali pechenyelardan iste’mol qilib, o’zingizni siylang. Bunday shirinlikdan so’ng esa yaxshi kayfiyatga ega bo’lishingiz kafolatlanadi!

Tayyorlaniladigan taomga taxminan  15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

170 gramm un
85 gramm suli parchalari
2/3 choy qoshiq iste'mol sodasi
1/2 choy qoshiq tuz
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin
170 gramm eritilgan sariyog'
50 gramm qo'ng'ir rangli shakar oddiy shakardan solish ham mumkin
60 gramm shakar upasi
1 dona tuxum
1,5 choy qoshiq vanil shakari
2.5 osh qoshiq tez eriydigan qahva
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga un, suli parchasi, tuz, iste'mol sodasi va dolchinni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Alohida idishga eritilgan sariyog', shakar upasi, shakar va vanil shakarini solamiz. Mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Shakarli aralashmaga tuxumni solamiz va quyi tezlikda aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tez eriydigan qahvani solamiz va yana bir marotaba aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Unli va shakarni aralashmalarni birlashtiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Pechni 180 C darajaga qizdiramiz va patnisga pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 7
Tugllandi

Xamirdan aylana shakllar yasab, orasida yetarli ochiq joy qoldirib, patnisga terib chiqamiz. Pishish jarayonida pechenyelar ikki barobarga kattalashadi.

Qadam 8
Tugllandi

Pechenyelarning kattaligiga qarab, 10-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

170 gramm un
85 gramm suli parchalari
2/3 choy qoshiq iste'mol sodasi
1/2 choy qoshiq tuz
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin
170 gramm eritilgan sariyog'
50 gramm qo'ng'ir rangli shakar oddiy shakardan solish ham mumkin
60 gramm shakar upasi
1 dona tuxum
1,5 choy qoshiq vanil shakari
2.5 osh qoshiq tez eriydigan qahva
oldingi
Piyoz va bulg’or qalampiri bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom
keyingi
Apelsinli qaylada pishirilgan go’shtli taom

Fikringiz