Mazali va foydali: qovoqdan tayyorlanadigan pishiriqlar
![](https://zira.uz/wp-content/uploads/2020/01/sinabony-tykvennye-2.jpg)
Zira uz tayyorlab qo’ygan ro’yxatdan ushbu kuzning 7 xil eng yorqin, eng xushbo’y va eng mazali pishiriqlari – qovoqdan tayyorlangan pishiriqlar retseptlarini topishingiz mumkin.
Qovoqli sinnabon
Bulochkalar gaz pechidan nozik, yumshoq va hatto quyosh kabi yorqin bo’lib chiqadi. Mazasi esa barchaga manzur kelishi aniq.
![](https://zira.uz/wp-content/uploads/2020/01/sinabony-tykvennye-3-1024x683.jpg)
Xushbo’y isli qovoqli keks
Ajoyib nafis ta’m va xushbo’y hidli mana bunday keksni tayyorlash uchun qovoqdan foydalanamiz. Ammo keksda qovoqning borligi umuman sezilmaydi, ishonavering.
![](https://zira.uz/wp-content/uploads/2019/12/golden-corn-keks-5-1024x683.jpg)
Qovoqli rulet
Yumshoq va juda shirin, qovoqli pyuredan tayyorlangan rulet kremi qaymoqli pishloqdan tayyorlanilib, ta’mi chizkeykka o’xshab ketadi. Qovoqlar tugab qolmasdan bunday ruletlardan tayyorlashni tavsiya qilamiz.
![](https://zira.uz/wp-content/uploads/2018/10/tikvenniy-rulet-1-1024x683.jpg)
Qovoqli tart
Qovoqdan nafaqat somsa va manti pishirish, balki juda mazali, xushbo’y va antiqa qovoqli tart ham pishirish mumkin.
![](https://zira.uz/wp-content/uploads/2018/10/tikvenniy-tart-10-1024x683.jpg)
Qovoqli pyuredan tayyorlanilgan keks
Qovoqli pyuredan tayyorlanilgan keks juda shirin va yumshoq chiqadi. Pishganidan so’ng uning ichiga qovoq solingan deb hech kim o’ylamasligi aniq.
![](https://zira.uz/wp-content/uploads/2018/10/tikvenniy-keks-1-1024x683.jpg)
Qovoq va suli yormasi solib tayyorlanilgan maffinlar
Qovoqli pyure solib tayyorlaniladigan ajoyib maffinlar – juda mazali, xushbo’y va yorqin bo’lib, ularni hatto kichkintoylar ham sevib iste’mol qilishadi.
![](https://zira.uz/wp-content/uploads/2018/09/tykvennye-maffiny-1-1024x683.jpg)
Parhezbop qovoqli vaflilar
Juda foydali hisoblanmish mana bunday vaflilar barchaga birdek yoqishi aniq. Bunda qovoqning mavjudligi umuman sezilmay, aksincha ajoyib bir ta’m beradi.
![](https://zira.uz/wp-content/uploads/2019/11/vafli-s-tykvoi---1024x683.jpg)