Kartoshkadan 7 xil o’ziga xos retseptlar
Kartoshkadan nima tayyorlaymiz? Toblatma, salat yoki mazali garnir? Tanlash ixtiyori o’zingizda. Bunda sizga bizning kartoshkadan 7 ta o’ziga xos retseptlar to’plamimiz yordam beradi.
Kartoshkali nokki (chuchvara)
Tayyorlash jarayoni vareniklarga o’xshab ketadi. Asosiy qoidasi – kamroq un va ko’proq kartoshka. Shunday ekan, agar vareniklar tayyorlagan bo’lsangiz, unda nokkilarni ham bemalol tayyorlaysiz.
Kartoshka solib pishirilgan lavashli naychalar
Lavashdan tayyorlangan kartoshkali mana bunday ajoyib naychalar oila a’zolaringizga yoqishiga aminmiz. Uning qarsildoq usti va mayin asosi bir bo’lib, mazali taomga aylanadi.
Rediska solingan kartoshkali iliq salat
Baliq yoki go’shtga ajoyib garnir bo’la oladigan haqiqiy bahoriy taom. Ushbu salatni bahoriy tushlik yoki kechki ovqat uchun tayyorlang.
Kartoshka-garmoshka
Ushbu taom noodatiy ko’rinishga egaligiga qaramay juda oson tayyorlanadi. Uni istasangiz garnir yoki gazak sifatida yoki bitta o’zini dasturxonga tortishingiz mumkin.
Kartoshkali asosli pishiriqlar
Asosi kartoshkadan qilingan barcha pishiriqlar juda mayin va yumshoq bo’lib pishadi. Ushbu pishirig’imiz ham bundan istisno emas. Ko’rinishidan cheburekni eslatsa ham ta’mi o’zgacha, yog’siz ajoyib yegulik.
Kartoshkali kotletlar
Barchaga birdek yoqadigan noodatiy ushbu kotletlar, uyda kotlet uchun qiyma yo’qligida pazandalarga as qotadi.
Kartoshkali kichik xonimchalar
Ozroq un, suv, tuz, kartoshka, piyoz va kechki ovqat uchun noodatiy taom tayyor. Bunday kichik xonimchalar hatto bolalar e’tiboridan ham chetda qolmasligi aniq.