fbpx
Kartoshkali nokki (chuchvara)

Kartoshkali nokki (chuchvara)

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Nokkilar deb – italyancha “dangasa” chuchvaralarga aytiladi. Ular ichida eng ommalashgani esa kartoshkali nokkilar hisoblanarkan. Aytgancha, Italiyada nokkilarni pastalar qatoriga qo’shisharkan va shuning uchun ham ularni har xil qaylalar bilan birga iste’mol qilishar ekanlar.

Nokki asosiy ovqat o’rnini ham, ovqatga qo’shimcha gazak sifatida ham iste’mol qilinadi. Biz bu taomni “Alfredo” qaylasi bilan birga iste’mol qilishni tavsiya qilamiz.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm kartoshka
150 gramm un
1 ta tuxum sarig'i
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkani tuzli suvda qaynatib olamiz yoki zar qog'ozga o'rab 180 C da gaz pechida bir soat davomida pishirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Pishgan kartoshkani po'stini archib, pyure holatiga keltiramiz.

Pyurega tuxum sarig'ini solib, ustidan ziravorlarni sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ustidan un solib, xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Stolga ko'proq un sepib, xamirni qo'yamiz.

Xamirga 1.5-2 sm qalinlikdagi kolbasa shaklini beramiz va ularni ham 2 sm qalinlikda bo'lakchalarga bo'lib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Nokkilar qaylani o'ziga yaxshiroq shimib olishi uchun ularni sanchqi yordamida biroz teshamiz yoki barmog'imiz bilan ustiga bosib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Qaynayotgan tuzli suvga xamirchalarni solamiz va pishirib olamiz.

Xamir bo'lakchalari suv sathiga ko'tarilgandan so'ng, yana yarim daqiqa davomida ushlab turamiz va suzib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pishgan nokkilarni birdan issiq qaylaga solamiz.

Yoki shunchaki ustidan sariyog' solib, parmezan yoki xohlagan turdagi qattiq pishloqdan olib, qirg'ichdan o'tkazamiz va ustidan sepamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pishirilmagan nokkilarni esa muzlatgichda saqlab, xohlagan vaqtingiz olib qaynating va iste'mol qiling. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Serves 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm kartoshka
150 gramm un
1 ta tuxum sarig'i
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Cheburek
keyingi
Batafsil fotoretsept: Bozor xonim

Fikringiz