fbpx
Kartoshka-garmoshka

Kartoshka-garmoshka

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

“Kartoshka-garmoshka” – gaz pechida pishiriladigan juda oddiy, mazali va original ko’rinishidagi gazak bo’lib, uni har qanday taom bilan, hatto faqat o’zini ham dasturxonga tortish mumkin.

Bunday kartoshkalar xushbo’y pesto qaylasi bilan birga tortiladi..

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
5-6 ta kartoshka
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
60 gramm pesto qaylasi
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkalarni po'stini archib olamiz. Qoshiq yoki cho'mich ichiga solib, bir nechta joyini tilib chiqamiz. Lekin, oxirigacha kesib yubormaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tuz va murch sepib chiqamiz. Shuningdek, ta'bga qarab xohlagan ziravorlardan ham sepish mumkin.

Qadam 3
Tugllandi

Har bir kartoshka ustidan zaytun yog'i quyib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

160 C darajada qizigan pechga qo'yib, 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng kartoshkalarning ustini folga qog'oz bilan yopib, yana 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Kartoshkalarni pesto qaylasi bilan birga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Serves 4
  • Oddiy
  • 160 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
5-6 ta kartoshka
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
60 gramm pesto qaylasi
oldingi
Nokli qatlamachalar
keyingi
Pishloq solib pishirilgan tvorogli toblatma

Fikringiz