Tovuq filesidan 7 xil taom
Bazida gaz tepasida turishga vaqtingiz bo’lmasa-yu, ammo taom tayyorlash kerak bo’lsa, unda tovuq filesi chinakam yordamchiga aylanadi.
Agar filedan tayyorlanadigan taomlar hayolingizga kelmayotgan bo’lsa, unda bizning ro’yxatimizdan ilhomlanishingizni tavsiya etamiz.
Pishloq solib pishirilgan tovuqli naggetslar
Tovuqli naggetslarni ktta va kichik birdek sevib iste’mol qilishadi. Ularni taomga qo’shimcha yoki kechki ovqat sifatida tayyorlash mumkin. Naggetslarni issiq holida dasturxonga toetgan yaxshiroq.
Tovuqdan tayyorlangan paprikash
Agar siz qandaydir o’ziga hos taom tayyorlamoqchi bo’lsangiz, unda ushbu paprikash ayni muddaodir. Qolaversa bu taom juda oson va tez tayyorlanadi.
Pishloq va tovuq go’shtidan tayyorlangan shnitsel
Tovuq go’shtidan tayyorlangan shnitsel – juda mayin va mazali taom. Bu taomda go’sht qattiq bo’lib qolmaydi, aksincha, yumshoq va sersuv bo’lib pishadi.
Brokkoli va pishloq solib pishirilgan tovuqli taom
Go’sht ichini sabzavot va pishloq bilan to’ldirish mumkinligini kim ham o’ylapti deysiz. Aytib o’tishimiz joizki, bu juda mazali va ajoyib uyg’unlik. Ushbu taomni tayyorlash uchun ko’p vaqt sarflamaysiz, ammo oila a’zolaringiz bu taomdan mamnun bo’lishadi.
Kunjutga belab pishirilgan tovuq go’shti
Balki bu taomni birinchi marotaba eshitayotganlarga u oddiy tuyular, ammo uni albatta tayyorlab ko’rish kerak.
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq va brokkolili taom
Tovuq go’shti va brokkolidan tayyorlangan ushbu ajoyib taom, sizga va oila a’zolaringizga mazali tushlik yoki kechki ovqat hadya etsa ajab emas.
Ananas va guruch bilan pishirilgan tovuqli taom
Ushbu noodatiy taom uchun masalliqlarni topish sizga qiyinchilik tug’dirmasligi aniq, chunki ular barcha supermarketlarda mavjud. Taomni ta’tib ko’rib, o’zingizni har kunlik yumushlardan uzoq bo’lgan ajoyib oroldadek his qiling.