Oddiylikdan qochamiz. Har kunlik noodatiy sho’rvalar.
Biz sizlarning e’tiboringizga oilangizni mamnun etadigan qiziqarli va eng asosiysi noodatiy sho’rvalar ro’yxatini taqdim etamiz.
Bugungi kunda an’anaviy sho’rvalar to’plamini boyitgan juda ko’p retseptlar mavjud – qovurma sho’rva, borsh, mastava.
Xaqiqiy pazanda uchun oshxonada ijod qilish va yangi taomlar yaratish o’ta muhim. Biz esa sizga bu masalada yordam beramiz.
Frikadelka va qizil loviyali sho’rva
Frikadelka va loviya solib pishirilgan mana bunday noodatiy sho’rva barchaga birdek yoqishi aniq. Ayniqsa oddiy va har kunlik taomlardan zerikkan bo’lishsa.
Makkajo’xori solib pishirilgan tovuq sho’rva
Taomnomangizni mana bunday mayin konservalangan makkajo’xori va tuxumli tovuq sho’rva bilan boyitishingizni maslahat beramiz.
Mol go’shti solib pishirilgan shovul sho’rva
Shovul solib pishiriladigan sho’rva bahoriy taomnomaning asosiy bo’lagi hisoblanib, u o’zining mayon va nordongina ta’mi bilan ko’pchilikka yoqadi.
Aytgancha ta’bga qarab, mol go’shtini o’rniga tovuq go’shtidan foydalansangiz ham bo’ladi.
Gulkaramli quyuq sho’rva
Lavlagi solingan karam sho’rvalar-u har kungi pishiriladigan suyuq ovqatlar joningizga tegdimi? Bir xillikdan charchadingizmi? Unda bizning gulkaramdan pishirilib, qaymoq bilan boyitilgan krem-sho’rvamiz aynan siz uchun.
Xamir bo’lakchalari solib pishirilgan tovuq sho’rva
Sizlarga mazali va to’yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho’rva retseptini taqdim etamiz.Aytgancha, bunday xamir bo’lakchalarini nafaqat tovuq sho’rva, balki mol go’shtidan tayyorlangan va sabzavotli sho’rvalarga ham solish mumkin.
Kartoshkali krem-sho’rva
Kartoshka, qaymoq va pishloq bilan pishiriladigan mana bunday krem-sho’rva retsepti bilan tanishib oling. Bunday taom oila a’zolaringizning katta-yu kichigiga birdek yoqishi aniq.