fbpx
Makkajo’xori solib pishirilgan tovuq sho’rva

Makkajo’xori solib pishirilgan tovuq sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Taomnomangizni yangicha taomlar bilan boyitishingizda yaqindan yordam beramiz. Bugun tovuq go’shti va makkajo’xoridan ajoyib sho’rva tayyorlab ko’rdik.

Bunday taom katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 32 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm tovuq sonlari yoki xohlagan qismi
2-2.5 litr suv
100 gramm qizil sabzi
100 gramm piyoz
250 gramm kartoshka
1 banka konservalangan makkajo'xori
3 ta tuxum
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
bir nechta shoxcha shivit
ta'bga qarab tuz va murch
1/4 choy qoshiq zarchava
Qadam 1
Tugllandi

Qozonga tovuq go'shtini solamiz, ustidan suv quyamiz. Tovuq pishguniga qadar qaynatib olamiz. Go'shtni bulyonidan olib, sovutamiz va o'rtacha kattalikda to'g'raymiz. So'ng yana qozondagi bulyon ichiga solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tovaga yog' quyamiz va qizdirib olamiz. Piyozni to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz va tovaga solib, qovuramiz. Kartoshka va sabzini ham to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Piyoz ustidan solamiz va birgalikda qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tovadagi masalliqlarni qozonga solamiz. Konservalangan makkajo'xorini ham qo'shamiz. Qaynash darajasiga keltiramiz. Tuz sepib, o'rtacha olovda 10-15 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxumlarni kosaga chaqib solamiz va sanchiqda ozroq ko'pirtiramiz. Qozonga solib, 5 daqiqa davomida qaynatamiz. Va muntazam kovlab turishni unutmaymiz.

Sho'rva yanada ishtahaochar ko'rinishga kirishi uchun zarchavadan solish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm tovuq sonlari yoki xohlagan qismi
2-2.5 litr suv
100 gramm qizil sabzi
100 gramm piyoz
250 gramm kartoshka
1 banka konservalangan makkajo'xori
3 ta tuxum
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
bir nechta shoxcha shivit
ta'bga qarab tuz va murch
1/4 choy qoshiq zarchava
oldingi
Videoretsept: Mandarinli panna kotta
keyingi
Oddiy usulda pishirilgan chiabatta

Fikringiz