Mavsumiy sabzavotlardan nimalar tayyorlash mumkin
Mavsumiy sabzavotlardan nimalar tayyorlashni bilmayapsizmi? Unday bo’lsa, quyidagi maqolamizda siz eng mazali va hamyonbop yeguliklarning retseptlari bilan tanishib olishingiz mumkin.
Sabzavotlar bilan tovada pishirilgan guruch
Yarim soat ichida tayyorlasa bo’ladigan oddiy guruch va sabzavotli taom. Hammasi bitta tovada, sabzavotlar sharbatiga to’yinib pishadi. Bunday yegulik ajoyib gazak, yoki asosiy taom o’rnini bemalol bosa oladi.
Baqlajonli gazak
O’zining ajoyib ta’mi sabali ham baqlajonlardan turlicha taom tayyorlash mumkin. Bu retseptda baqlajonlarni tovada qovurib, ichiga pomidor va brinzadan solib tugamiz. Haqiqiy yozgi gazak barchaga birdek yoqishi aniq!
Sabzavotli sate
Sate deb yog’da qovurib olinadigan sabzavotlar birlashmasidan tashkil topgan salatga aytiladi. Sabzavotlar bunda qizarib pishadi, o’zining ta’m va mazasini esa yo’qotmaydi. Bu retseptda siz o’zingizning eng yoqtirgan sabzavotlaringizda solishingiz, xohishga qarab ularni boshqalariga almashtirishingiz ham mumkin. Bu yegulikni yoz faslida albatta tayyorlab ko’ring.
Qovoqchali tort
Qovoqchali tort bu yaxna va sersuv gazak bo’lib, ko’rinishidan tortga juda o’xshab ketadi. Bunday yegulik qovoqchani yoqtirmaydigan insonlarga ham yoqadi. Asosiysi, uni tayyorlagandan so’ng bir soatga sovutgichga olib qo’yish kerak bo’ladi.
Tovuq va makkajo’xorili sate
Tovuqli sate – yarim soat ichida tayyorlaniladigan juda oddiy va mazli taom hisoblanadi. Sabzavotlarni xohishga qarab o’zgartirish ham mumkin. Bunday taom tezda tayyorlanilishi bilan ko’pchilikka juda yoqadi.
Pomidor va yalpizli salat
Pomidor va yalpiz solib tayyorlaniladigan salat, umuman o’zgacha ta’mda bo’lib, hech kimni befarq qoldirmaydi. Bundan tashqari sabzavotlarni qayta ishlanmasdan solinishi esa, uning juda foydaliligidan dalolat beradi.
Sabzavotlar bilan choʻpchalarda pishirilgan tovuq
Tovuq go’shtidan qilinadigan kabobchalarni nafaqat da, balki gaz pechida ham tayyorlash mumkin. Bunday yegulik juda sersuv va to’yimli bo’lib pishadi.
Sabzavotli ragu
Tayyorlash juda oson va ko’p vaqtni talab qilmaydigan taomlardan biri – sabzavotli ragu tayyorlash retseptini taqdim etamiz.
Sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Sabzavotlar bilan pechda pishirilgan tovuq oyoqchalari juda mazali tushlik bo’la oladi. Aytgancha, bu taom uchun siz sovutgichingizda mavjud sabzavotlarni ham, masalan, baqlajon, qovoqcha yoki oddiy pomidorlarni ham solib, yangicha ta’mlarga ega bo’lishingiz mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.