Qovoqchadan mazali tort

Qovoqchadan mazali tort

Masalliqlar:

  • Ichiga:

Yo’nalishlar

Qovoqchadan tayyorlaniladigan bu pishiriq ko’rinishi jihatidan tortga o’xshab ketishi sabab ham, uni qovoqchali tort deb atadik.

Ko’p mahsulotni talab qilmasada, ammo juda ham mazali bo’lmish bu yegulikni birgalikda tayyorlab ko’ramiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4-5 ta qovoqcha
3 osh qoshiq un
3 dona tuxum
qovurish uchun o'simlik yog'i
bir chimdim tuz
yarim bog'dan to'g'ralgan shivit va kashnich
Ichiga:
200 gramm mayonez
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
4-5 ta pomidor
Qadam 1
Tugllandi

Qovoqchani yuvib, qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Tuz sepib, suvi ajralib chiqishi uchun, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

So'ng suvini siqib tashlaymiz va ustidan tuxum, un va ko'katlarni solamiz, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tovaga yog'ni solib qizdiramiz va qovoqchali aralashmadan bir tekis qilib solamiz. O'rtacha olovda 2-3 daqiqa pishirib, keyin ag'daramiz. Teskari tomonini ham xuddi shunday pishirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Hammasini xuddi shunday qilib pishirib olamiz. Taxminan 4-5 ta qovoqchali quymoq chiqadi.

Qadam 5
Tugllandi

Mayonezga sarimsoqpiyozni mayda ezib solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Qovoqchali quymoq bittasini likopchaga solamiz va ustidan 2-3 osh qoshiq mayonezli aralashmadan surtamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pomidorlarni yuvib, parrak qilib to'g'raymiz va mayonez surtilgan quymoqchalar ustidan 4-5 donadan terib chiqamiz.

Qolgan quymoqlarni ham xuddi shunday terib, ustidan mayonez surtib, pomidor bo'lakchalarini terib chiqamiz. Eng oxirgi qavatiga ham mayonez surtib, ustini xohishga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4-5 ta qovoqcha
3 osh qoshiq un
3 dona tuxum
qovurish uchun o'simlik yog'i
bir chimdim tuz
yarim bog'dan to'g'ralgan shivit va kashnich
Ichiga:
200 gramm mayonez
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
4-5 ta pomidor
oldingi
Meksikancha faxitas
keyingi
Pomidor va yalpizli salat

Fikringiz