Pechenyelar turlari va pishirish qoidalari
Butun dunyo bo’yicha ko’p tarqalgan pishiriqlardan biri bu albatta pechenyelardir. Juda ko’pchilik umri davomida bir marotaba bo’lsada, pechenyelardan pishirib ko’radi. Qarsildoq, yumshoq, cho’ziluvchan yoki yoyilib ketuvchi, xullas ularning turlari juda ko’p bo’lib, quyida siz eng ko’p tarqalgan pechenyelarni qanday tayyorlash lozimligi bilan tanishasiz.
Qarsildoq pechenyelar
Agarda siz qarsildoq, shu bilan birga uvalanib ketuvchi pechenyedan tayyorlashni istasangiz, unda quyidagilarga amal qiling:
- xamirga suyuqlikni kamroq;
- un, yog’ va shakarni esa ko’proq solish kerak bo’ladi.
Masalan, «Rudolf» yangi yil pechenyelariga suyuqlikdan faqatgina tuxum sarig’i va limon sharbatigina solingan.
Yumshoq pechenyelar
Bunday pechenyelar tarkibida:
- ko’proq suyuqlik;
- kamroq shakar va yog’;
- pechenyelar esa aylana yoki kulchasimon shakllarda pishiriladi.
Bunga misol qilib, limonli pechenyelarni keltirishimiz mumkin. Bu yerda 340 gramm unga 100 gramm yog’ solingan bo’lib, ammo suyuqlik miqdori ko’p: limon sharbati va tuxum.
Yopishqoq pechenyelar
Brauni pishiriqlarini eslab ko’ring. Ularning o’zi qattiqroq, ichi esa yopishqoq bo’lib pishadi. Bunday pechenyelarda:
- shakar va suyuqlik miqdori ko’p;
- yog’ esa kam;
- tuxum ko’proq;
- glyuten hosil bo’lishi uchun xamir uzoq vaqt davomida aralashtiriladi.
Asosan glyuten va shakar tufayli ham ana shu yopishqoq, cho’ziluvchan xamir vujudga keladi.
Yoyilib ketuvchi pechenyelar
Qiziq, bu ularning ijobiy tomonimi yoki salbiy?! Pechenyelar nima sababdan yoyilib ketar ekan:
- shakarning ko’p miqdorda solinishi;
- iste’mol sodasining ko’p solinishi;
- pechning past haroratda bo’lishi;
- xamirning suyuq bo’lib chiqishi;
- pechenyelar kam aralashtirilib, glyutenning bir joyda yig’ilib qolishi;
- patnisda yog’ning ko’p bo’lishi.
Masalan, bizlarning kunjutli pechenyemiz pishish jarayonida yoyilib, qarsildoq ko’rinishga kirishi lozim. Unda shakar miqdori ko’p: 120 grammga 70 gramm un. Bu unda glyuten miqdori kamligidan dalolat berib, bunda pechenyelar o’z shaklini ushlab qololmaydi.
Tavsiyalar
Pechenyelar mazali ta’mda chiqishi uchun:
- ularni qizigan pechga qo’ying, aks holda ular erib ketishi mumkin;
- vaqtga ahamiyat bering: pechenyelar o’rtacha 10-12 daqiqada pishadi. Agarda bu muddatdan uzoqroq pishirsangiz, u holda ular quruq va bemaza bo’lib qoladi;
- shuni unutmangki, pechenyelarni pechdan olgandan keyin ham yuqori harorati tufayli ular pishishda davom etaveradi;
- ba’zan pechenyelarni pech panjarasida sovutish kerak deb tavsiya qilinadi – bu maslahatga ham amal qilish lozim. Gap shundaki, pechenyelar patnisda sovutilsa, ularning ostida kondensat paydo bo’lib, ularning namlanib qolishiga sabab bo’ladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.