Quymoqlarning turlari
Quymoqlarni har xil ta’m va ko’rinishda tayyorlash mumkin. Agarda qanday ekanligini bilmasangiz, unda quyidagi retseptlarga nazar tashlang.
Xamirturushli quymoqlar
Xamirturush solib pishiriladigan quymoqlar juda yaxshi shishib pishadi. To’g’ri, ularni tayyorlash uchun anchagina vaqt sarflash lozim, ammo natijasi shunga arziydi.
Sutli qaynatma quymoqlar
Qaynatma quymoqlar juda yupqaligiga qaramay, ag’darish ham qiyinchilik tug’dirmaydi. Xamirni tayyorlab bo’lgandan so’ng, 15 daqiqaga tindirilsa, yanada yaxshiroq chiqadi.
Kefirda pishirilgan quymoqlar
Kefirda pishirilgan quymoqlar nafaqat mazali, balki juda foydali ham hisoblanadi. Bunday pishiriq ajoyib nonushta yoki yengilgina kechki taom o’rnini bemalol bosa olishiga shubha yo’q.
Pishloq va ko’katli quymoqlar
Bu safargi mayin va yumshoq quymoqlarimizga shivit va pishloqdan solib pishirdik. Bunday quymoqlar ichiga asoslardan solinmaydi, ularning o’zi sersuv bo’lib pishadi.
Quymoq va sabzavotlardan tayyorlanilgan tort
Ba’zan go’shtsiz, lekin juda mazali yegulikdan tayyorlashni isteb qolamiz. Ana shunday paytda quymoqlardan tayyorlaniladigan tort sizga yordamga keladi.
Quymoqli tort
Quymoqli tort ta’m jihatidan hatto biskvitli tortlardan ham o’zar ekan. Faqat tayyor bo’lganidan so’ng, uni bir necha soat sovutgichda saqlasangiz, yanada mazali ta’mga kiradi.
Har xil asosli mazali quymoqlar
Har bir uy bekasining o’zining sevimli quymoq retsepti mavjud. Quymoqlar turli xil asosli bo’lishi mumkin: mevali, qo’ziqorinli, har xil go’shtli va hokazo. Quymoqlar mazali nonushta va birga ishga olib borish uchun ham juda qulay yegulik sanaladi. Bugun biz sizlarga bir necha xil asosli quymoqlardan pishirishni taklif qilamiz.