Mazali sovg’alarni o’z qo’limiz bilan tayyorlaymiz
Eng yoqimli sovg’alar — o’z qo’limiz bilan yaratgan sovg’alardir. Agarda ular yeydigan bo’lsa, unda bu ikki hissa ko’proq quvonch bag’ishlaydi. Mazali sovg’alarni do’stlaringiz, hamkasblaringizga sovg’a qilishingiz yoki bolajonlarning sovg’asiga solishingiz ham mumkin. Ularni qanday tayyorlashni esa hoziroq aytib beramiz.
«Rudolf kiyigi» Yangi yil pechenyesi
Birinchi usul, bolalarga, hamkasabalarga yoki asosiy sovg’aga qo’shimcha sifatida:
- pechenyeni bizning retsept asosida tayyorlang;
- shokoladli gullari sovishini kuting;
- kichikroq korobka yoki chiroyli bir gulqog’ozga soling;
- yana boshqacha pechenyelar solishimiz sabab ham, ularni to’ldirib yubormang.
Ikkinchi usul, pishirishni yoqtiradiganlarga sovg’a:
- xamir qoring;
- ularga disksimon shakl berib, oziq-ovqat pelyonkasiga soling va sovutgichga olib qo’ying;
- chiroyli bir korobka oling;
- unga sovigan xamir, shokoladli plitka va burni uchun konfetlar soling;
- pechenyelarning tayyorlanilishi haqida kichkina yo’riqnoma yozib qoldiring.
Ikki xil rangli Yangi yil pechenyesi
Bu pechenyelar bilan ham xuddi yuqoridagidek ish ko’ramiz: pechenyelarni pishirib, kiyiksimon pechenyelar yoniga solamiz yoki qorilgan xamirni sovutib, korobkaga solamiz va bunga ham yo’riqnoma yozib beramiz.
Bashorat qiluvchi pechenyelar
Bunday ajoyib tilak va istaklar bilan to’ldirilgan pechenyelar hammaga ham yoqishi aniq. Faqat bunday pechenyelarni ichiga faqat yaxshi tilaklardan yozing, bunda yaqinlaringizdan ham yordam so’rashingiz mumkin.
So’ng pechenyelar qog’oz xaltachalarga solib, taqdim etamiz.
Shvedcha pechenyelar
Bu pechenyelarni ustma-ust qo’yib, biror bir chiroyli ip bilan bog’lab, sovg’alar yoniga qo’yish yoki yoki qorilgan xamirni sovutib, korobkaga solamiz va bunga ham yo’riqnoma yozib beramiz.
Shokoladli yoriq pechenyelar
Bu pechenye shisha bankachalarda chiroyli ko’rinadi. Sovg’a uchun g’oya:
- bir nechta pechenyelarni bankachaga soling;
- uni sovg’aga mo’ljallangan korobkaga solamiz;
- ichiga yangi yil bezaklari, qor parchalari solib, yanada bayramona ruh bag’ishlaymiz.
Juda ham chiroyli chiqadi!
Ko’rgazmali pechenyelar
Bunday pechenyelarni ham ikki xil usulda taqdim etish mumkin:
- pechenyelarni tayyorlab olamiz;
- ularni ustma-ust qo’yamiz;
- chiroyli ip bilan bog’lab, boshqa sovg’alar yoniga qo’yamiz.
Yoki:
- xamir qoring;
- unga disksimon shakl bermamiz;
- yaxshi sovigan xamirni korobkachaga solamiz;
- pechenye «oynalari» uchun konfetlardan solamiz»;
- tavsiya: retseptga ko’rsatilgandan ko’proq konfet solamiz, har ehtimolga qarshi;
- archa o’yinchoqlari va qor parchalaridan solamiz;
- qisqacha retsept yozib qoldiramiz.
Zanjabilli pechenyedan gulchambarlar
Bunday pechenyelar tengsiz sovg’a bo’lishi aniq. Ularni korobkachalarga soling, ozroq shirinliklar va mandarindan solib, sovg’a qiling.
Karamelli xo’rozqandlar
Bunday shirinlikdan bolalar hayratda qolishi aniq. Ularni yelim qog’ozga o’rab, qolgan sovg’alarga qo’shing.
«Bounty» shokoladi
Kakosni yoqtiruvchilar bunday shirinlikka munosib javob berishadi. 3 xil masalliq va 20 daqiqa bo’sh vaqt bo’lsa kifoya! Sovg’ani taqdim etishga qadar sovutgichda saqlash tavsiya qilinadi.
Xurmoli tryufellar
Birinchi usul: konfetlarni tayyorlab, ularni chiroyli karobkachalarga soling.
Ikkinchi usul, yana pazandachilikka qiziquvchilar uchun:
- bankachaga kakao, tuz va maydalangan yong’oqlarni soling;
- 300 gramm finiklarni boshqa bahka yoki yelim xaltaga soling;
- sepishga mo’ljallangan bezaklarni alohida xaltachalarga soling;
- hammasini sovg’ali karobkaga joylang;
- har xil bezaklardan ham soling: qor parchalari, konfetlar, archa o’yinchoqlari;
- retseptni ham yozib qoldiring.
Mazali sovg’ani qo’shimcha mahsulotlar bilan bezating:
- shokoladli konfetlar;
- mandarinlar;
- shisha bankachalardagi xushbo’y choy;
- o’yinchoqlar;
- tilaklar yozib qoldirilgan qog’oz parchalari.
Yaqinlashayotgan bayramingiz bilan!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.