Bulg’or qalampiri to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun bizlar eng foydali sabzavotlardan biri bo’lmish bulg’or qalampiri, uning foydali xususiyatlari va boshqa qiziqarli malumotlarni berib o’tamiz.
Bulg’or qalampirining foydali xususiyatlari
Bulg’or qalampiri bu organizmga zarur bo’lgan vitaminlar manbai hisoblanadi. Bulg’or qalampiri quyidagilarda yordam beradi:
- ko’pgina B guruh vitaminlarini o’zida saqlashi sabab ham u tabiiy antidepressant mahsulot sanalib, stress va uyqusizlikdan xalos etib, asab tizimini normallashtiradi;
- unda xuddi shokoladdek baxt garmoni mavjud. Shokoladdan farqli o’laroq, bulg’or qalampiri semirishingizga yo’l qo’ymaydi;
- xotirani yaxshilaydi;
- bulg’or qalampiri soch, teri va tishlarning holatini yaxshilaydi;
- qonni suyuqlashtirib, tromblarning paydo bo’lishini oldini oladi;
- C guruh vitamini ko’pligi sabab ham, u immunitetni ko’taradi. Ayniqsa u sariq rangli qalampirda ko’p;
- u organizmni shlaklarda, toksinlar va zararli xolesterindan tozalaydi;
- sariq bulg’or qalampiri o’zida ko’p kaliy va temmir moddasini saqlaydi, ular esa o’z o’rnida yurak faoliyatini va qon tarkibini yaxshilaydi.
Bulg’or qalampirining zararli tomonlari
Foydali tomonlari kabi bulg’or qalampirining zararli tomonlari ham talaygina. Bulg’or qalampirini yuqori qon bosimida, oshqozon, buyrak va yurak xastaliklarida iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek siz oshqozon kislotasining yuqoriligidan aziyat cheksangiz, unda bulg’or qalampirini dimlab, undan so’nggina iste’mol qiling.
Qizil bulg’or qalampiri allergiyani chaqirish xususiyatiga ham ega.
Ozishda bulg’or qalampirining o’rni
Bulg’or qalampiri o’zida ko’pgina vitaminlar, minerallar va antioksidantlarni saqlashi sabab ham uni ozishni istaganlarga iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ammo parhezni boshlashdan oldin, albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Rangiga qarab bulg’or qalampirining rangi har xil:
- qizil va sariq bulg’or qalampirlarining 100 grammi 27 kKlalni tashkil etib, 1.3 grammini oqsillar, 0 grammini yog’lar, 5.3 grammini uglevodlar tashkil etadi;
- yashil bulg’or qalampirining 100 grammi 33 kKalni tashkil etib, 1.3 grammini oqsillar, 0 grammini yog’lar, 6.9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Bir kunda qanchagacha iste’mol qilish mumkin
C guruh vitamminini bir sutkalik dozasini qabul qilish uchun uni bir kunda 40 gram yeyishning o’zi yetarli. Bu bir kunda 3-4 taga bulg’or qalampiri degani.
Bulg’or qalampiridan salat tayyorlasangiz, unga albatta o’simlik yog’idan ozroq soling, shunda u organizmga yaxshi so’riladi.
Bulg’or qalampirini qishga saqlab qo’yish
Yoz mavsumida pishgan bulg’or qalampirlari mazaliroq bo’ladi. Shu sabab ham ularni oz-ozdan paketlarga solib, muzlatib qo’ying. Bir marotaba muzlatilgan bulg’or qalampirini eritgandan so’ng, yana muzlatib bo’lmaydi. Chunki uning barcha vitaminlari nobud bo’ladi.
Pazandachilikda bulg’or qalampirining o’rni
Har doimgidek bulg’or qalampiri solib tayyorlanilgan retseplarimiz bilan bo’lishamiz.
- Bulg’or qalampiridan do’lma gaz pechida pishirilib, juda mazali chiqadi;
- Bulg’or qalampiri va tunets balig’i solingan gazak dasturxonga fayz bag’ishlaydi;
- Ratatuy taomini ham bu sabzavotsiz tasavvur etib bo’lmaydi;
- va albatta lecho – juda mazali qaylalardan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!