Ismaloq to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bahorda bozorlarimiz ismaloq va jag’-jag’lar bilan liq to’ladi. Ulardan tez-tez somsalar-u ko’k chuchvaralar pishirasizu, lekin ularning foydali xususiyatlari haqida o’ylab ko’rganmisiz?
Ismaloq – qadimiy sabzavotlardan biri hisoblanadi
Ismaloq haqiqatdan ham ko’katlar emas, balki sabzavotlar turkumiga kirar ekan. Ilk marotaba ismaloq eramizdan avvalgi VI asrda tilga olingan bo’lib, uni Persiyada iste’mol qilishgan. Undan 1 500 yil o’tib, u Xitoyga, so’ng esa Yevropaga kirib kelgan. O’zining foydali xususiyatlari sabab u qirollarning eng sevimli yeguligiga aylangan.
Ismaloq nimasi bilan foydali?
Ismaloq superfud yegulik sanaladi: u o’zida ko’pgina vitamin va minerallarni, antioksidantlarni saqlaydi. Unda yog’ miqdorining juda ozligi sabab ham, parhez tutuvchi ayollarni quvontiradi. 100 gramm ismaloq 25 kKaalni tashkil qilib o’zida 2,8 gramm oqsillarni, 0,8 gramm yog’larni и 1,6 gramm uglevodlarni saqlaydi.
Ismaloq ko’rish qobilyatini yaxshilab, terini taranglashtiradi, immunitetni ko’taradi, asab tizimi va xotirani mustahkamlaydi, stressdan chiqishga yordam beradi va qon bosimini ham me’yorlashtiradi.
Ismaloqni to’g’ri tayyorlash
Agarda siz ismaloqni ham o’zingizning taomnomangizga kiritmoqchi bo’lsangiz, unda quyidagilarni bilib oling:pishirilmagan xom ismaloq mayin ta’mga ega bo’lib, pishirilgan ismaloqdan ta’m jihatidan farq qiladi. Aytgancha ismaloqni uzoq vaqt pishirish mumkin emas, aks holda u bemaza ta’mga kiribgina qolmasdan, balki zararli ham bo’lib qoladi. Chunki undan oksalat kislotasi ajralib chiqib, bo’g’im va buyraklarga yomon ta’sir qilishi mumkin.
Ismaloqdan har xil pastalar, somsalar yoki pishiriqlar ham pishirishingiz mumkin. Ismaloqni qaynatish mumkin emas: undagi vitaminlar halok bo’ladi. Agar siz uni sho’rvaga solmoqchi bo’lsangiz, unda uni oxirida soling.
Ismaloqdan tayyorlanilgan smuzilar: avitaminozga qarshi kurashamiz
Bahor – ko’katlardan smuzilar tayyorlash uchun ayni fursati. Agarda bolalaringiz ismaloq yeyishni xohlashmasa, unda ularga ismaloqli pankeyklardan pishirib bering va ularning qanday sevinishlariga guvoh bo’lasiz !
- bananli smuzi: blenderga 350 millilitr sut, 2 muzdek banan, bir bog’ ismaloq, 1 osh qoshiq limon sharbati va ta’bga qarab asal solamiz va hammasini ezib maydalaymiz.
- apelsin sharbatli smuzi: blender idishiga 1 piyola apelsin sharbati, 1 dona banan va 1 piyola ismaloq barglaridan solamiz, ta’bga qarab asal solamiz va maydalab ezamiz.
- suli parchalari bilan: blender idishiga 1 stakan apelsin sharbati, ¼ stakan suli parchalari, ½stakan grekcha yogurt, 1 ta banan, 1 stakan qorag’at yoki olcha (muzlatilgan ham bo’ladi), 3 stakan ismaloq barglaridan solib, maydalaymiz.yashil smuzi: blender idishiga 1 dona bodring, ¼ stakan petrushka, limonning yarmini, avokado yarmini, 2 stakan ismaloq va 1 stakan suv solib, aralashtiramiz. Ta’bga qarab muz bo’lakchalari ham solish mumkin.
Nafaqat yegulik, balki tabiiy bo’yoq hamdir
Tayyorlash jarayonida ismaloq o’zining yorqin rangini o’zgartirmasligi, undan bo’yoq sifatida foydalanish uchun ayni muddaodir. Ismaloqni go’sht qiymalagichdan chiqaring, suvini siqib oling va qarabsizki tabiiy bo’yoq tayyor!
Bu sharbat yordamida sariyog’ni, smetana va qaymoqni, muzqaymoq, quymoqlarni ham bo’yash mumkin. Chuchvara va mantilarga bu sharbatdan solib, yangicha ko’rinishdagi taom tayyorlashingiz va hammani hayratda qoldirishingiz hech gap emas! Agarda siz yanada to’qroq rangga ega bo’lishni istasangiz, unda uni idishga solib, 30-40 daqiqa davomida qaynating.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.