Oy uchun foydali mahsulotlar: mart
Mana biz orziqib kutgan fasllar kelinchagi bahor ham ostonamizda. Bahorda organizmimiz vitaminli mahsulotlarga muhtojlik sezgani bois ham, bu oyda biz diqqatimizni yengil va foydali mahsulotlarga qaratdik.
Ismaloq
Ko’pchilik bu ko’katsiz somsalarni tasavvur qilolmasa kerak. Ismaloqdan siz hattoki pankeyk lar ham tayyorlashingiz, quymoqlarga solishingiz va undan turkcha burek tayyorlasangiz ham bo’ladi.
Agarda siz sog’lig’ingiz haqida qayg’ursangiz, unda siz ismaloqqa e’tibor qarating. Hamma ko’kat va sabzavotlarda ham, xuddi ismaloqdagidek ko’pgina foydali moddalar uchramaydi: unda oqsillar, yog’la, vitamin va minerallar ham mavjud. Shuningdek ismaloq qonni temir bilan ta’minlab charchoqni chiqaradi va stress holatidan chiqishingizga yordam beradi.
Ozishga harakat qilyapsizmi, unda ismaloqdan ko’proq iste’mol qiling, chunki ismaloqning 100 grammi bor-yo’g’i 23 kKal ni tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz da bir bog’ ismaloqni 1 190 so’m narxda sotib olishingiz mumkin
- Makro da bir bog’ ismaloqni 1 490 so’m narxda sotib olishingiz mumkin
- Arba.uz internet-do’konida 590 so’mda
- Bo’z-bozorda esa bir bog’ ismaloqni 2 000 so’mga sotib olishingiz mumkin.
Rukkola
Italiya oshxonasining sevimli ko’katlaridan biri bu rukkoladir. Qirqimlarga bo’lingan bargchalar, xushbo’y va biroz o’tkir hidli bu ko’kat endi o’zimizning O’zbekistonda yetishtiriliyapti. Shuning uchun ham xohlagan paytingizda bu ko’katdan olib, ajoyib taom-u salatlar tayyorlay olasiz.
Rukkola organizm uchun juda foydali bo’lib, qonni gemoglabin bilan to’yintirib, qondagi shakar miqdorini kamaytiradi, oshqozon devorini mustahkamlab, yallig’lanishga qarshi kurashadi, organizmdagi suv-tuz me’yorini bir xilda ushlab turadi. Yana rukkola kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarga qarshi kurashib, yo’talni ham yengillatar ekan.
Xuddi ismaloq kabi rukkola ham ozishga yordam beradi. U moddalar almashinuvini ta’minlab organizmni energiya bilan to’ldiradi. Faqat allergiyasi bor insonlar ehtiyot bo’linglar
Rukkolaning energetik quvvati: 100 gramm mahsulot 25 kKal ni tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz da bir bog’ rukkolani 990 so’m narxda sotib olishingiz mumkin
- Makro da bir bog’ rukkolani 890 so’m narxda sotib olishingiz mumkin
- Arba.uz internet-do’konida 890 so’mda
- Bo’z-bozorda esa bir bog’ rukkolani 1 000 so’mga sotib olishingiz mumkin.
Rediska
Mazali bahoriy salatlarimizni foydali va hamyonbop sabzavot – rediskalarsiz tasavvur eta olmaymiz. Hozirdan bozor rastalarimiz yangi uzilgan rediskalar bilan to’la bo’lib, bu mahsulotni tez-tez iste’mol qilishni unutmang!
Rediska o’zida juda ko’p vitamin C ni saqlaydi. Bahorda organizmimiz vitaminli taomlarga zaruriyat sezadi. Aytgancha, sarimsoqpiyoz va oddiy piyozga o’xshab, rediska ham antibakterial vosita hisoblanadi.
Ozmoqchi bo’lgan ayollarimiz, diqqat qiling: 100 gramm rediska bor-yo’g’i 14 kKal ni tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz da bir bog’ rediskani 1 690 so’m narxga sotib olishingiz mumkin
- Makroda ham bir bog’ini 1 690 so’m narxga sotib olishingiz mumkin
- Arba.uz internet-do’konida 1 790 so’mga
- Bo’z-bozorda esa bir bog’ rediskani 1 500 so’mga sotib olishingiz mumkin.
Gulkaram
Gulkaramni bizda bolalar-u kattalar birdek sevib iste’mol qilishadi. Uning juda yumshoqligi uchun ham ayniqsa yoshi o’tgan insonlarimiz juda yoqtirishadi. Gulkaramdan turli-tuman mazali taomlar tayyorlashimiz mumkin. Masalan, uni qovurib olib, ustidan sarimsoqpiyoz qo’shilgan pomidorli qayla quyilsa, ajoyib taom tayyor bo’ladi. Shuningdek, undan har xil kotletlar, toblatmalar va hattoki quyuq sho’rvalar ham tayyorlasa bo’ladi. Gulkaram oddiy karamdan ko’ra yengilroq bo’lib, tezroq haz bo’ladi.
Gulkaram – ovqat hazm qilishini yaxshilovchi parhezbop mahsulot bo’ib, saraton kasalligini oldini oladi, yurak-qon tomir aoliyatini yaxshilaydi. U immunitetni mustahkamlab, kayfiyatni ko’taradi va semirishga yo’l bermaydi. Allergiyadan azob chekuvchilar ehtiyot bo’lib, bu mahsulotni iste’mol qilishlari kerak.
Energetik quvvati: 100 gramm mahsulot 30 kKalni tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz da gulkaram kilosini 6 990 so’m narxga sotib olishingiz mumkin
- Makroda bir kilo gulkaramni 7 190 so’m narxga sotib olishingiz mumkin
- Arba.uz internet-do’konida 7 490 so’mga
- Bo’z-bozorda esa bir kilo gulkaramni 8 000 so’mga sotib olishingiz mumkin.
Sumalak
Bizning Navro’z bayramimizning ko’rki, mazali va foydali shirinliklarimizdan biri bu – sumalak. Hozir sumalakdan to’yib iste’mol qilishning ayni payti: sumalakni hozirda barcha bozorlardan, hattoki supermarketlardan topishimiz mumkin. Shirin bu yegulikning bir piyolasidagi vitaminlar bir kilo mevaga taqqoslanar ekan.
Sumalakni bejizga bahorda, organizm vitamin va minerallarga muhtoj bo’lgan paytda pishirishmaydi, chunki u immunitetni ko’tarib, organizmni vitaminlar va 19 xildan ortiq aminakislotalar bilan boyitadi.
Sumalakning bitta minus tomoni bo’lib, uning energetik quvvati yuqori: 100 gramm mahsulot 481 kKal ni tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
-
- Korzinka.uz da sumalak hajmiga qarab 5 290 dan 11 290 so’mga
- Makroda sumalak hajmiga qarab 5 690 dan 12 390 so’mga
- Arba.uz internet-do’konida 5 690 dan 11 890 so’mga
- Bo’z-bozorda esa bir kilo sumalakni 15 000 so’mga sotib olishingiz mumkin.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.