Navro’z bayrami dasturxoni uchun maxsus taomnoma
Mana ko’pchiligimiz orziqib kutgan ko’klamoy ham kirib keldi. Bundan buyon bayramlar boshlandi. Navro’z umumxalq bayramida barchamiz mazali taomlar pishirib oila a’zolarimizni, keladigan mehmonlarni xursand qilishni istaymiz albatta.
Nimalar pishirsam ekan deb boshingizni qotirayotgan bo’lsangiz, har doimgidek Zira sizlarga yordam beradi. Bayram dasturxonida pishirsa bo’ladigan 3 xil mazali retseptlar jamlanmasini tavsiya qilamiz.
Taomnoma №1
Qaynatma sho’rva, Qozon kabob, Issiqqina patirchalar, «Smak» salati va «Napoleon» torti
Dasturxonga avval sho’rvani, ikkinchisiga qozon kabobni torting, salat va tort bilan esa uni yanada ko’rkamlashtiring.
Taomnoma №2
Mastava, Xandon pista va ziravorlar qo’shib tayyorlangan qo’y to’shlari, suzmali salat, qaymoqli kremdan mevali savatchalar
Biz ta
Taomnoma №3
Lag’mon, Gulxonim, fransuzcha salat, bananli pudding
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
4 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Sizlarga bir iltimos
Tugallandi sözini tugllandi yozgansila Shuni tuğirlashni imkoni bormi?
Assalomu aleykum, Sarvinoz! Sahifamizda bunday texnik xatolar bir nechta bo’lib, hozirda ularni to’g’irlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada hammasi o’z o’rniga tushadi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Assalomu alaykum, saytdagi rasmlar, ayniqsa o’zbek taomlari milliy motivlar bilan rasmga olingani juda yoqdi. Navro’z munosabati bilan «ko’k» taomlar tayyorlamoqchi edim, lekin retseptlarni unchalik bilmayman. Masalan, ko’k chuchvaraga yalpiz (мята(rus), mint(eng)) yoki pidana (тимьян(rus), thyme(eng)) qo’shiladimi yoki ikkalasi ham qo’shilsa bo’ladimi boshib qotdi. Keyin ba’zi bizning o’simliklarimizni rus tili va ingliz tili tarjimalarini topish qiyin (ot quloq, jag’-jag’, semiz o’tni faqat topdim – портулак:) ) Sizdan bir iltimos, ko’k chuchvara, somsa, yupqa va boshqa taomlarda qanaqa ko’katlar ishlatilishi mumkin va barcha ko’katlarning rus va ingliz tilidagi tarjimalari berilgan maqola yozilsa juda foydali ish bo’lardi. Rahmat va ishingizga rivoj.
Assalomu aleykum, Madina! E’tiboringiz uchun alohida rahmat! Bizning sahifada ko’k somsa va ko’katli yupqa(bichak)larning retseptlari mavjud. Ko’k somsa retseptini alohida videotasvirga tushirganmiz. Ana shu videolavhamizda biz ishlatadigan ko’katlarning rasmlari bor. Shu videolavhamizni tomosha qilib ko’ring, balki bir oz bo’lsa ham tushunchaga ega bo’lasiz.