Limondan nimalar tayyorlash mumkin?
Limonli kurd, limonli murabbo, limonli pechenye va yana boshqa qiziqarli limonli shirinliklar retseptlarini Zirauz tayyorlab qo’ygan ro’yxatdan topishingiz mumkin
Limonli kurd
Limonli kurd — limon sharbati solingan qaynatma krem hisoblanadi. Bunday kremdan tartlarga, har xil pishiriq va hatto tortlarga ham surtib ishlatishimiz mumkin.
Limon po’sti solib pishirilgan tvorogli kekslar
Bu keks uchun kerakli masalliqlarning hammasi bitta idishga solinadi, mikserda ko’pirtirilib, gaz pechida pishirib olinadi. 40 daqiqadan so’ng esa mazali yegulikdan bahramand bo’lish mumkin.
Limonli puding
Bunday desert juda tez tayyorlanib, o’zining ta’mi, xavodorligi va qarsildoq usti bilan sizlarga yoqishi aniq.
Limonli to’rtburchaklar
Bu mashhur amerikancha shirinlik bo’lib, ushbu pishiriqlar yumshoq qumoq xamir va shirin va nordon asosdan iborat. Ularni tayyorlash qiyinchilk tug’dirmaydi, natijasi esa albatta sizni qoniqtiradi.
Limon va apelsindan tayyorlangan «bir zumlik» murabbo
Ertalabgi nonushtada yorqin va tillarang ishtahaochar murabbolar issiq choy bilan ayni muddaodir. Limon va apelsindan tayyorlaniladigan bu murabbo juda tez tayyorlanib, mevalar uzoq muddat qaynatilmaydi.
Limonli pechenyelar
Eng oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan limonli pechenyelarning ichi yumshoqina bo’lib pishadi ta’mi esa sizni lol qoldirishi aniq.
Limonli pirog
Limonning nordongina ta’mi bilan juda ham mazali chiqadigan bu pishiriq barchaga yoqadi degan umiddamiz.